Top.Mail.Ru
8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi

11:33 / 27.03.2025 5.63k

“Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi respublika final bosqichi 24-31-mart kunlari Andijon viloyati, Marhamat tumani “Yoshlar kutubxonasi”da o‘tkazilishi reja qilingandi.


Tanlovda 10-14 yosh toifasidagi bilimdonlar 5 ta shart bo‘yicha qizg‘in bahslarda bellashdilar. Har bir shartda qatnashchilar o‘z aql-idroki va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Dilbarxon Haydarova 356,7 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Chazor” elektromobilini qo‘lga kiritdi. 


Shuningdek, 334.7 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Gulmira Norpo‘latova (Samarqand) 75 mln so‘m pul mukofoti bilan, 321 ball bilan uchinchi o‘rinni egallagan Nastarin Ibrohimova (Navoiy) 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.


Qolgan ishtirokchilarning barchasi 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Yutuq
  • Kitobxonlik

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Maktab kutubxonalari rivojlantiriladi, direktor o‘rinbosarlari mahalla kutubxonalariga mas’ul bo‘ladi

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab, chekka va olis hududlarda namunali mahalla kutubxonalari tashkil etilib, ular elektron kitob o‘qish qurilmalari (planshetlar), audiokitoblar uchun quloqchinlar va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Bunda namunali mahalla kutubxonalarining doimiy ishlashiga mahalla raisi bilan birga maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham mas’ul etib biriktiriladi.

13:17 / 02.09.2026
Yangiliklar

Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi

Ayrim maktablarda badiiy adabiyotlar soni bir o‘quvchiga atigi 0,5–1 nusxadan to‘g‘ri kelmoqda. Ba’zi maktab kutubxonalarining jami kitob fondi esa 500 nusxaga ham yetmaydi.

12:16 / 27.08.2026
Yangiliklar

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston 2024-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasidan akademik halollik tamoyillari buzilgani sababli chetlashtirilgandi, 2026-yildan esa mazkur olimpiadada ishtirok etish huquqini qayta qo‘lga kiritgandi.

15:28 / 22.07.2026
Yangiliklar

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

12:23 / 13.07.2026