Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova qilgan taqdimotda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayotgani aytilib, bu yil budjet hisobidan 112 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etilishi qayd etildi.
Aholi o‘sishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib borishi inobatga olinib, Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi aytildi.
Taqdimotda pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar faoliyatini jonlantirish xususida ham so‘z bordi. Aytilishicha, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi ta’limda o‘qiyapti.
Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bunda universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.
Taqdimot so‘nggida maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol ekanligi, lekin, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli ekanligi aytildi.
Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni ko‘paytirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
2030-yilgacha 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyati oshiriladi. Yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi.
Yangiliklar
Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi.
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
Ta'lim siyosati
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang