Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bajarib kelinayotgan ayrim davlat xizmatlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-78-sonli ijrosini ta’minlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, MMTV tomonidan bajariladigan quyidagi funksiyalar xususiy sektorga topshirilishi mumkin:
- Vazirlik tizimi faoliyatiga daxldor jurnal va gazetalar, blankalar, o‘quv-metodik majmualar, byulletenlar hamda o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil qilish;
- “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEAM — ta’lim” (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturini joriy etish va to‘garaklar mazmuniga singdirishga oid o‘quv dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati bilan birgalikda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, bolalarning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, “Quvnoq startlar” va “Yozgi ta’til” sport musobaqalarini o‘tkazish, “Umid nihollari” va boshqa sport musobaqalarini o‘tkazish choralarini ko‘rish;
- Rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning inklyuziv sharoitda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash.
Ayni vaqtda xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan vazirlik funksiyalari va xizmatlari yuzasidan so‘rovnoma davom etmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Avvalgi rahbariyat vaqtida qisqartirish deb nohaq ishdan bo‘shatilgan rahbar xodim vazir E’zoza Karimovaning buyrug‘i bilan ishga tiklandi.
Yangiliklar
Bir yil ichida ta’lim vazirligi xizmat safarlari uchun 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ishlatdi
Bir yil davomida vazirlik tomonidan xorijiy safarlar uchun qariyb 2,5 milliard, hududiy xizmat safarlari uchun esa 875 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi haligacha bo‘sh qolmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi 4 oydan buyon bo‘sh qolmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang