5-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga mashina haydab bordi, ayrim o‘quvchilar spirtli ichimlik ichgan

24-may, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi. Achinarlisi, o‘quvchilar orasida ushbu tadbirga spirtli ichimliklar iste’mol qilib borganlari ham topildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Bugun respublikamiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bayramni baxtsiz hodisalarsiz o‘tkazish maqsadida minglab yo‘l-patrul xizmati xodimlari maktablar yonida kuchaytirilgan tartibda xizmatga jalb etildi.
Xususan, mazkur tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlashga jami 27 mingdan ortiq IIV, Milliy gvardiya, FVV xodimlari va harbiy xizmatchilari jalb etildi.
Ammo, ijtimoiy tarmoqlar orqali va uchrashuvlarda yoshlar, ota-onalar, maktab ustozlari ishtirokida keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilganiga qaramasdan, bugunning o‘zida kunduzgi soat 14:00 ga qadar respublikamiz bo‘yicha bolalarning ota-onalariga tegishli yoki ijaraga olgan avtomashinalarni boshqarishi bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi. Qoidabuzarlar orasida hatto 5-sinf o‘quvchilari ham bor.
Achinarlisi, bitiruv oqshomiga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda, tashrif buyurgan yoshlar ham topildi. “O‘quvchidan spirtli ichimlik ichganligi haqida so‘ralganda, u “pivo ichganman”, deb javob bergan.”
Yana bir holatda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga ketayotgan 8-sinf maktab o‘quvchisi YPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga urindi.
Hodisa Samarqand shahar 37-maktabning 8-sinf o‘quvchisi tomonidan sodir etilgan. Avtomobilni boshqarib kelayotgan o‘quvchi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganda, u YPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga uringan.
Mashinani o‘zboshimchalik bilan boshqargan voyaga yetmagan bola davlat raqam belgisini tushirib qoldirib, yo‘lida davom etgan.
“Uydan kalitni o‘zboshimchalik bilan olib ketgan, xabarimiz yo‘q, nazoratga olamiz endi,-deydi uning otasi.
Hozirda maktab o‘quvchisining otasiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita

Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi
2024/2025-o‘quv yilida 10 146 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar o‘quvchi tamomladi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlashga jami 27 mingdan ortiq IIV, Milliy gvardiya, FVV xodimlari va harbiy xizmatchilari jalb etiladi.

Nihoyat, vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish haqidagi ko‘rsatma xatni negadir jamoatchilikdan sir tutish maqsadida faqatgina xizmat doirasida foydalanilish shaklida imzoladi.

Bu yil umumta’lim maktablarini 399 ming 499 nafar bitiruvchilar tamomladi
25 ming 259 nafar o‘quvchiga a’lo darajali shahodatnoma berildi.
Izohingizni tahrirlang