Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida 10 146 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar o‘quvchi tamomladi.
O‘tgan yili 11-sinfni yakunlagan o‘quvchilar soni 399 ming 499 nafarni tashkil etgandi.
Shuningdek, joriy o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi 2 475 ta kumush va 11 566 ta oltin medal bilan yakunladi.
O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 14 778 nafarni tashkil etib, shundan 12 620 nafari oltin va 2 158 nafari kumush medal bilan maktabni tamomlagandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu statistikada boshqa vazirlik va tashkilotlar tasarrufidagi ta’lim muassasalari (Mudofaa vazirligining “Temuriylar maktabi”, Madaniyat vazirligining “Успенский” maktabi, Badiiy akademiyaning K.Behzod nomidagi maktab, Sport va Madaniyat vazirliklarining maktablari va boshqalar) hamda nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari aks etmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

Nihoyat, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Mavzuga doir yangiliklar

Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda
Oddiy maktablarga “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazmaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma bergan bir vaqtda ayrim Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda kunning kechki vaqtida “Bitiruv oqshomlari” o‘tkazilgani haqida xabar tarqaldi.

5-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga mashina haydab bordi, ayrim o‘quvchilar spirtli ichimlik ichgan
24-may, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi. Achinarlisi, o‘quvchilar orasida ushbu tadbirga spirtli ichimliklar iste’mol qilib borganlari ham topildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlashga jami 27 mingdan ortiq IIV, Milliy gvardiya, FVV xodimlari va harbiy xizmatchilari jalb etiladi.

Nihoyat, vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish haqidagi ko‘rsatma xatni negadir jamoatchilikdan sir tutish maqsadida faqatgina xizmat doirasida foydalanilish shaklida imzoladi.
Izohingizni tahrirlang