“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
“Yuristkadr” loyihasi asoschisi, huquqshunos, advokat Saidali Muxtoraliyev soatbay asosida dars o‘tadigan pedagoglarga mehnat ta’tili berilishi borasida fikr bildirdi. Uning aytishicha, amaldagi tartib soatbay dars o‘tadigan pedagoglarning holatini yomonlashtirib qo‘ymoqda.
Huquqshunos holatni quyidagicha izohlamoqda
“Adliya vazirligi tomonidan 2019-yilning 22-aprelidagi 3157-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari” mavjud.
Mazkur “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari”ga asosan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda umumta’lim maktablari pedagog xodimlariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari ham tasdiqlangan.
Hujjatning izoh qismi (izohning 1-bandiga) mana bunday ko‘rsatma ketgan:
“Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan”.
Izohdagi mana shu ko‘rsatmadan kelib chiqib, bugun o‘tgan darsi uchun soatbay haq oladigan (asosiy bo‘lmagan) o‘qituvchilarga mehnat ta’tili berilmayapti. “O‘tgan soati uchun to‘lanadigan ish haqiga ta’tili ham kiritilgan-ku” degan fikr bilan yozgi mavsumda bunday o‘qituvchilarga mehnat ta’tili berilmaydi.
Aslida Konstitutsiyamizning 45-moddasida “har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi” deb belgilangan.
Mehnat kodeksining 216-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
Qiziq-a? Bosh qonunimizda va Mehnat kodeksining o‘zida yollanib ishlayotgan barcha xodimlarga mehnat ta’tili berilishi kerakligi aniq qilib ko‘rsatilgan. Lekin, “soatbay ish haqisiga ta’tili ham kirgan” deb, qanchadan-qancha o‘qituvchi-pedagoglarga oddiy idoraviy-normativ huquqiy hujjatni ro‘kach qilishib, mehnat ta’tili berishmayapti.
Endi mana bu qoidaga e’tiboringizni qaratay. Qarang, Mehnat kodeksining 8-moddasida “har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak” deyilgan.
Ana endi yaxshilab o‘ylab ko‘raylik. Adliya vazirligidan 3127-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjat o‘zidan 5 karra yuqori turadigan hujjatlar (Konstitutsiya va Mehnat kodeksi)ga nisbatan xodimlarning, ya’ni pedagoglarning holatini yomonlashtirib qo‘ymayaptimi?”, deya savol qo‘ymoqda huquqshunos.
Saidali Muxtoraliyevning fikriga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan va soatbay haq to‘lash tartibini belgilovchi hujjat (3127-sonli) Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, bu pedagoglarning mehnat ta’tili olish huquqini cheklab qo‘ymoqda.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
MMTB metodistiga necha kunlik mehnat ta’tili berilishi kerak?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘zlarining jamoa shartnomasi va boshqa ichki hujjatlarini Tarmoq kelishuviga muvofiqlashtirishi va xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?
56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q.
So'ragan edingiz
Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan to'lamaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang