MMTB metodistiga necha kunlik mehnat ta’tili berilishi kerak?
Savol
Meni savolim quyidagicha: Men bir necha yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida AKT metodisti vazifasida ishlab kelmoqdaman. Joriy yil ta’tilga chiqdim. Ta’til kunlarim negadir qo‘shimchalar bilan 35 kunni tashkil etibdi, buyruqda shunday aks ettirilgan, asosiy 27 kun qo‘shimcha 8 kun jami 35 kun.
Xuddi shu vazifada 2025-yil iyul oyida ta’tilga chiqqan vaqtimda 56 kunga chiqarilganman. Kadrlar bo‘limiga og‘zaki murojaat qilsam, yuridik markaz xodimlari 56 kunlik ta’til metodistlarga mumkin emas, unday ta’til maktab o‘qituvchisiga tatbiq etiladi, degan javob berganini aytdi. Sizlardan iltimos, savoldan kelib chiqib aniq va tegishli hujjatlar bilan asoslanuvchi javob qaytarsangiz.
Javob
Ma’lumki, Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilgan. Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko‘ra, har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil etadi. Lekin bu MMTB xodimlariga faqat 21 kalendar kun ta’til beriladi degan qoidani anglatmaydi.
Chunki, qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko‘paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin. Bu haqda Mehnat kodeksining 218-moddasida qayd etilgan.
MKning 219-moddasida esa jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga har yilgi qo‘shimcha ta’tillar belgilanishi mumkinligi aytilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori bilan ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilangan. Ammo ushbu hujjatda pedagoglar toifasiga kirmaydigan xodimlar ro‘yxati mavjud emas. Misol uchun, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlarining necha kunlik mehnat ta’tiliga chiqishi bu hujjatda qayd etilmagan.
2025-yil 26-dekabrdagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan tarmoq jamoa kelishuvini tuzish bo‘yicha qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan jamoa kelishuvida MMTB xodimlari mehnat ta’tili kunlari belgilangan. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining barcha xodimlariga 27 kalendar kunlik mehnat ta’tili berilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumki, Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko‘ra xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har 5 yil uchun 2 kalendar kun, jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi belgilangan. Ushbu moddaning 3-qismiga ko‘ra jamoa kelishuvlarida ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2026-2028-yillar uchun tuzilgan Tarmoq jamoa kelishuvida Mehnat kodeksining 220-moddasi bo‘yicha qo‘shimcha ta’til berishda boshqa ish beruvchidagi va boshqa tarmoqdagi ish stajlari ham kiritilishi belgilangan.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘zlarining jamoa shartnomasi va boshqa ichki hujjatlarini Tarmoq kelishuviga muvofiqlashtirishi va xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, sizga joriy yilda 35 kunlik mehnat ta’tili berilganini — 27 kalendar kunlik asosiy ta’tilga 8 kalendar kungacha bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tili qo‘shilgani bilan izohlash mumkin. Ya’ni, sizning ish stajingiz tegishli tartibda hisobga olinib, har 5 yil uchun 2 kalendar kundan, jami 8 kungacha qo‘shimcha ta’til berilgan.
2025-yilda 56 kunlik ta’til berilganining qonuniy asosini esa alohida tekshirish lozim. Chunki AKT metodisti lavozimi o‘qituvchilarga belgilangan 56 kunlik pedagogik ta’tilga tenglashtirilmaydi. Shu sababli, agar 2025-yildagi 56 kunlik ta’til qonunchilik yoki ichki hujjatlar bilan asoslanmagan bo‘lsa, 56 kun noto‘g‘ri hisoblangan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, sizga joriy yilda berilgan 35 kunlik mehnat ta’tili to‘g‘ri rasmiylashtirilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab kutubxonalari rivojlantiriladi, direktor o‘rinbosarlari mahalla kutubxonalariga mas’ul bo‘ladi
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?
56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q.
So'ragan edingiz
Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan to'lamaydi.
Yangiliklar
“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
Saidali Muxtoraliyevning fikriga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan va soatbay haq to‘lash tartibini belgilovchi hujjat (3127-sonli) Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, bu pedagoglarning mehnat ta’tili olish huquqini cheklab qo‘ymoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang