Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
Umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolaning o‘qish jarayonlariga moslashuvi ta’limning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bunda ularning ham jismonan, ham ruhan sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Shu bois bolalarni maktabga qabul qilishda ota-onalardan bir qancha tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi.
Xo‘sh, ular qaysi?
Ushbu savolga Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh pediatri Dilobar Hidoyatova batafsil javob berdi.
2020-yilning 23-sentyabrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish kiritilib, unga ko‘ra, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul yoshi 7 yosh etib belgilangan, — deydi mutaxassis.
Agar bola maktabgacha ta’lim muassasasiga borgan bo‘lsa, ular bog‘cha davridayoq, hududiy oilaviy poliklinika mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi va ularning sog‘lomligini tasdiqlovchi 026-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Biroq bola bog‘chaga bormagan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi tegishli buyrug‘iga binoan 026-shaklidagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun hududiy oilaviy poliklinikada yo‘llanma asosida stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog, logoped, psixonevrolog va oila shifokori kabi tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Umumiy qon va peshob hamda 3 marta gijjaga qarshi laborator tahlillar olinadi.
Qolaversa, Milliy profilaktik emlash kalendariga muvofiq virusli gepatit V, sil, poliomiyelit, rotavirus infeksiya, bo‘g‘ma, qoqshol, ko‘kyo‘tal, Xib infeksiya, qizamiq, epidparotit, pnevmokokk infeksiyasi kabi xastaliklarga qarshi vaksina olganligi haqida 063-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma talab qilinadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga to‘lov-shartnoma asosida qo‘shimcha sinflarni tashkil etilayotganligi haqida xabar berdi.
Yangiliklar
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
“Prezident sovg‘asi” jamlanmasi tayyorlandi. Bu yilgi jamlanma 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat bo‘lib, unga o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, ikki dona oddiy qalam, 12 rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, ikki dona o‘chirg‘ich, 12 rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kiritilgan.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr muammolari tufayli maxsus shtab tuzildi
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang