Endi o‘quvchilar har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Endilikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
2025-yil 15-avgustga qadar:
- o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda, ularni sport turlariga yo‘naltirish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus modul ishga tushiriladi;
- o‘quvchilar har yili bir marta har bir hududdagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:
- har yili bir marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi;
- har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida 1 tadan to‘garak tashkil qilish maqsadida sport maktabidagi murabbiylarni maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga biriktiriladi;
2025-yil 15-sentyabrga qadar:
- tegishli platforma ma’lumotlariga ko‘ra sport turlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilar sport maktablariga yo‘naltiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
2026/2027-o‘quv yili oldidan pedagoglarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan bog‘liq muhim tartib eslatildi. Qonunchilikka muvofiq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqiga ega pedagoglardan ushbu xizmat uchun pul undirilmasligi kerakligi eslatildi.
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining pedagoglarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Yangiliklar
O'qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun tibbiyot muassasalariga 71,4 mlrd so'm mablag' o'tkazib berilgani ma'lum bo'ldi
Bu borada bir nechta vazirliklar ko'rsatma xat imzoladi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang