O'qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun tibbiyot muassasalariga 71,4 mlrd so'm mablag' o'tkazib berilgani ma'lum bo'ldi
Ma’lumki, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan pedagog xodimlarga davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun) huquqi berilgan bo‘lib, ushbu Qonunning 7-moddasida pedagog xodimlarning majburiyatlaridan biri majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart etib belgilangan.
Shu bilan birga, Adliya vazirligida 2012-yil 29-avgustdagi 2387-son bilan ro‘yxatga olingan Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar va boshqa xodimlar tibbiy ko‘rikdan yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Hozirga kunda joylarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi munosabati bilan, pedagog va boshqa xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda tibbiyot muassasalari tomonidan turli miqdordagi to‘lovlar talab qilinish holatlari uchragan.
Buni @xalqtaliminfo telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ham bilish mumkin. So‘rovnomada qatnashgan 7 ming 584 nafar respondentlarning 55 foizi (4 167 nafar) tibbiy ko‘rik uchun pul talab qilinayotganini, 29 foizi (2 210 nafar) bu borada ayrim muammolar borligini, ularning atigi 16 foizi tibbiy ko‘rik uchun pul talab qilinmayotganini bildirgan.
Mazkur holatlarga aniqlik kiritish hamda umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va boshqa muassasalarning pedagog va boshqa xodimlari uchun bepul tibbiy ko‘rikni tashkil etish va ularni o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ko‘rsatma xat imzoladi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini hamda o‘tish rejasini tuzish (tegishli ma’lumotlar bilan birga har bir maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari kesimida) va tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi hududiy ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga, hududiy OITSga qarshi kurashish markazlariga hamda hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlariga taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, davlat byudjeti hisobidan majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlariga joriy yilda 71,4 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar tibbiyot muassasalarining tegishli xarajatlar smetalariga rejalashtirilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining pedagoglarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Yangiliklar
Endi o‘quvchilar har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Maktab o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish jarayonida ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va shu asosda ularni sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang