Endi abituriyentlarga oliygohga kirish muammo bo‘lmaydi
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Unda prezident yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surdi.
“Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bu nimani anglatadi?
Abituriyent faqat o‘z tanlagan 5 ta OTM bilan cheklanib qolmaydi. Boshqa oliygohlar ham unga eshik ochishi mumkin.
Yig‘ilgan balli bekorga ketmaydi. Agar abituriyentning yiqqan balli biror oliygoh uchun yetarli bo‘lsa, o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun e’tirof
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi
Bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomlab, ulardan 75 foizi OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashgan. Bunda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlarida maksimal ballni egallash ko‘rsatkichi 5 barobarga oshgan.
Bilasizmi?
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliygoh tanlash bo'yicha tavsiyalar
So'ragan edingiz
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tayotgan 13 ta oliygoh xodimlari ishdan bo‘shatiladimi?
Tashkilotning idoraviy bo‘ysunuvi o‘zgarganligi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishga asos bo‘lmaydi.
Yangiliklar
Jinoyat uchun emas, ta’lim berish uchun imkoniyat so‘ralmoqda
Huquqshunoslik yo‘nalishini ochishga sun’iy to‘siqlar mavjudmi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang