Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliy ta’lim — hayotdagi eng muhim qarorlardan biridir. Abituriyentlar o‘zi uchun eng yaxshi universitetni tanlashda bir nechta omillarni hisobga olishi kerak.
Juda ko‘pchilik xususiy universitetga hujjat topshirishda o‘ziga-o‘zi quyidagi savollarni beradi: Oliygoh ishonchlimikan? Litsenziyasi bormi? Yopilib ketmasmikan? Diplomi o‘tarmikan?
Bugun biz Profi University misolida ko‘pchilik abituriyentlarni qiynab kelayotgan barcha savollarga javob beramiz.
Oliygoh tarixi qanday?
Hozirgi kunda xususiy oliygohlar juda ham ko‘p, ammo uzoq yillardan buyon aynan ta’lim sohasi bilan shug‘ullanib kelayotgan, o‘zining mustahkam tarixiga ega bo‘lgan oliygohlar sanoqli.
Oliygoh yaqinda tashkil etilgan bo‘lsa ham uning tarixi va ta’limga oid boshqa loyihalari bilan tanishib chiqish zarar qilmaydi. Agar oliygohning o‘quv markazi, bog‘cha va maktabi ham mavjud bo‘lsa, bunday universitet poydevori mustahkam oliygohlar uchun yaqqol misol bo‘la oladi.
Bu kabi oliygoh misolida Profi Universityni bemalol aytishimiz mumkin. Chunki, Profi University o‘quv markaz, bog‘cha va maktabiga ega bo‘lgan eng ishonchli oliygohlardan biridir.
HUJJAT TOPSHIRISH
Universitet litsenziyasi
Profi University litsenziyasi haqiqiyligini license.gov.uz saytiga kirib tekshirishingiz ham mumkin. Litsenziyada “Oliy ta’lim xizmatlari” ko‘rsatilgan. Eng asosiysi esa universitet aynan litsenziyada ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritadi.
Ma’lumki, litsenziya talablarida har bir talaba uchun ajratilgan kvadrat aniq qilib ko‘rsatib qo‘yilgan. Agar oliy ta’lim muassasasi bir joy uchun litsenziya olib o‘zi boshqa bir joyda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan hisoblanadi, bu esa bir kun kelib o‘sha xususiy oliy ta’lim muassasasining litsenziyasi bekor bo‘lishiga olib keladi.
Buni qanday tekshirib ko‘rish mumkin?
Siz tahsil olayotgan xususiy oliy ta’lim muassasasining litsenziyasi bor yoki yo‘qligini license.gov.uz sayti orqali tekshirib olish mumkin. Buning uchun siz oliy ta’lim muassasasining STIR raqamini kiritasiz, bittada chiqadi. STIR raqam esa siz bilan tuzilgan shartnomada bor.
Endi litsenziya bor bo‘lsa, uning faoliyat manzilini tekshiring, uning faoliyat manzillari nechta bo‘lsa, o‘shalarning barchasi litsenziyada ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar siz o‘zingiz boshqa manzilda tahsil olayotgan bo‘lsangiz, oliygoh litsenziyasi boshqa manzilga berilgan bo‘lsa, bu yerda noqonuniy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan, ertami yoki kechmi bu siz uchun ham, oliygoh uchun ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Profi University litsenziyasida esa uchta manzil ko‘rsatilgan, ikkita manzil Toshkent shahrida, bitta manzil Navoiy shahrida, universitet esa aynan mana shu uch manzildagina faoliyat olib boradi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Universitet moddiy-texnik bazasi qanday? O‘quv binolari o‘zinikimi?
Birinchi navbatda xususiy universitet moddiy-texnik bazasi va binolari mavjud ekanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Iloji bo‘lsa, oliygohga tashrif buyurib, binolari va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib chiqing.
Misol uchun, Profi University o‘zining moddiy-texnik bazasi, binolariga ega bo‘lib, hozirgi kunda Toshkent shahridagi Bektemir kampusi, Olmazor tumanida joylashgan Beruniy kampusi hamda Navoiy viloyatidagi filiali mavjud.
Yangi o‘quv yili uchun esa “Profi” tarixidagi eng katta, jahon standartlariga javob beruvchi, 8 qavatli, doira shaklidagi bino qurib bitkazilib, to‘liq foydalanishga topshirildi. Mazkur bino o‘ziga 10 mingdan ortiq talabani bir vaqtda sig‘dira oladi.
Universitetdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi va oliygohning ilmiy salohiyat darajasi qanday?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda nodavlat oliygohlari uchun litsenziya talablari belgilangan.
Unda oliy ta’lim tashkilotidagi o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati darajasi miqdori belgilab qo‘yilgan. Masalan, bakalavriat bosqichi uchun ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning minimal ulushi 35 foiz etib belgilangan.
Agar siz tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati darajasi 35 foizdan kam bo‘lsa, demak u oliygoh ham shubha ostida qoladi.
Profi Universityning esa ilmiy salohiyat darajasi ham yetarli bo’lib, hozirda umumiy hisobda 140 dan ortiq professor-o‘qituvchi ishlab kelmoqda. Ulardan 1 nafar akademik, 5 nafar fan doktori (DSc), 47 nafar fan nomzodi (PhD) hamda 1 nafar xorijiy professor-o‘qituvchidan iborat.
HUJJAT TOPSHIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan, 2008-2010-yillarda Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, olim, psixologiya fanlari doktori, akademik, Shoumarov G‘ayrat Baxromovich universitet rektori hisoblanadi.
Universitet rektori haqida Wikipediyadan ham qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin.
Oliygoh haqida talabalar fikri qanday?
Universitet tanlashda abituriyentlar ko‘pincha ta’lim dasturlari, kontrakt miqdori, reyting va universitetning moddiy-texnik bazasiga e’tibor qaratadi. Biroq yana bir muhim jihat — aynan shu oliygohda tahsil olayotgan talabalarning fikrini o‘rganib ko‘rmaydi.
Aslida, universitet haqida rasmiy manbalarda berilgan ma’lumotlar uning imkoniyatlarini ko‘rsatsa, talabalar fikri bu imkoniyatlarning amalda qanday ishlayotganini tushunishga yordam beradi. Darslarning sifati, o‘qituvchilarning talabalarga munosabati, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, baholash tizimi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar kabi jihatlar haqida eng real tasavvurni aynan shu muhitda o‘qiyotgan talabalar bera oladi.
Shu sababli universitet tanlashdan oldin u yerda tahsil olayotgan yoki yaqinda bitirgan talabalar bilan suhbatlashish, ularning ijobiy va salbiy tajribalarini o‘rganish foydali bo‘ladi. Bunda faqat bitta talabaning fikriga tayanib qolmasdan, turli kurs va yo‘nalishlarda o‘qiyotgan bir nechta talabaning fikrini solishtirish lozim.
Oliygohga o‘qishga qabul qilish tartibi qanday?
Agar siz hujjat topshirayotgan universitet keling, imtihonsiz ham qabul qilamiz yoki nomigagina onlayn test topshirib talaba bo‘ling deyayotgan bo‘lsa, bilingki, bu kabi universitetlarda asosiy maqsad ta’lim emas.
Shuning uchun, biroz murakkab bo‘lsa-da, faqatgina oliygohning o‘zida, imtihon asosida qabul qiladigan oliygohlarga hujjat topshirishni maslahat beramiz.
Profi Universityga o‘qishga kirish imtihon asosida amalga oshiriladi. Imtihonlarning onlayn shakli mavjud emas. Ya’ni, oliygohga o‘qish istagida bo‘lgan abituriyent albatta, universitetning o‘zida tashkil etib kelinayotgan test sinovlarida ishtirok etishi shart.
Misol uchun, 2025-yilgi qabulda 42 mingdan ortiq abituriyentlar “Profi University”ga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 7 ming 831 nafari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, talabalikka tavsiya etildi. Shuningdek, ular orasidan kirish imtihonlarida yuqori natijani qayd etganlarga yillik 6 000 000 so‘mlik stipendiya ham taqdim etildi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Imtihon jarayonlari va bu haqda abituriyentlarning fikrlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin
Qanday yo‘nalishlar bor va kontrakt narxlari qanday?
Profi Universityda quyidagi yo‘nalishlar mavjud. Kontrakt to‘lovlarni belgilangan muddatga qadar amalga oshirgan talabalar uchun maxsus chegirmalar ham taqdim etildi.
- Marketing
Kunduzgi - 25 410 000
Kechki - 15 000 000
Part time - 15 000 000
- Bank ishi va audit
Kunduzgi - 26 510 000
Kechki - 15 000 000
Part time - 15 000 000
- Buxgalteriya hisobi va audit
Kunduzgi - 26 510 000
Kechki - 15 000 000
Part time - 15 000 000
- Iqtisodiyot
Kunduzgi - 26 510 000
Kechki - 15 000 000
Part time - 15 000 000
- O‘zbek tili va adabiyoti
Kunduzgi - 25 410 000
Kechki - 15 000 000
- Turizm
Kunduzgi - 26 510 000
Kechki - 15 000 000
Part time - 15 000 000
- Ingliz tili va adabiyoti
Kunduzgi - 25 410 000
Kechki - 15 000 000
- IT (Axborot tizimlari va texnologiyalari)
Kunduzgi - 28 490 000
Kechki - 15 000 000
Part time - 15 000 000
- Rus tili va adabiyoti
Kunduzgi - 25 410 000
Kechki - 15 000 000
- Boshlang‘ich ta’lim
Kunduzgi - 22 990 000
Kechki - 15 000 000
- Maktabgacha ta’lim
Kunduzgi - 22 990 000
Kechki - 15 000 000
- Pedagogika
Kunduzgi - 22 990 000
Kechki - 15 000 000
- Psixologiya
Kunduzgi - 22 990 000
Kechki - 15 000 000
- Tibbiyot (davolash ishi)
Kunduzgi - 36,000,000
- Tibbiyot (Stomotologiya)
Kunduzgi - 36,000,000
HUJJAT TOPSHIRISH
Yangi yo‘nalishlar
Ayni vaqtda “Profi University”da tibbiyot va yurisprudensiyaning quyidagi yo‘nalishlari ham ochilishi kutilmoqda.
Ochilishi kutilayotgan yo‘nalishlar:
Pediatriya
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
Grant asosida o‘qish va stipendiya olish imkoniyati
Kirish imtihonlarida 100 va undan ortiq ball to‘plagan abituriyentlar Profi Universityda bepul o‘qish uchun imtihon topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Grantga tavsiya etilgan talabalarda stipendiya ham bekor qilinmaydi. Ya’ni, grant asosida o‘qishga kirgan talabalar bepul o‘qiydilar va har oy 600 ming so‘m miqdorda stipendiya ham oladilar.
Stipendiyalar kirish imtihonlarida 100 balldan yuqori natijalarni qayd etgan abituriyentlarga ajratiladi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Xorijda tahsil olish va ishlash imkoniyati
Profi University bilan hamkorlikda Fransiyaning “Y Schools” universiteti ish boshlagan. Ya’ni, Profi Universityning turizm, menejment va marketing yo‘nalishi talabalari Fransiya universitetida 3+1 shaklida tahsil olishlari mumkin.
Undan tashqari Profi Universityning “Turizm” yo‘nalishi talabalari 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Profi University talabalari yangi xalqaro hamkorlik memorandumlari asosida xorijda tahsil olishlari mumkin.
Bunda ular 1-kursni Profi Universityda, 2-kursni Yaponiya davlatida, 3-kursni yana Profi Universityda, 4-kursni esa Fransiyadagi amaliyot mobaynida yakunlashadi.
Profi University talabalari yoki bitiruvchilariga Turkiyada o‘qish va ishlash muammo bo‘lmaydi. Chunki, Turkiya Oliy ta’lim vazirligi Profi Universityni rasman tan olgan.
Hozirgi kunda Profi University Turkiyaning bir qancha nufuzli oliygohlari bilan turli xil yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan va memorandumlar imzolagan.
Yaqida Profi University talabalari “Student Exchange” dasturi doirasida Turkiyaning Recep Tayyip Erdoğan Universitetida tahsil olish uchun jo‘nab ketishdi.
Yozgi ta’til vaqtida “Work and Travel” dasturi asosida xorijda sayohat qilish va ishlash imkoniyati
Profi University o‘z talabalari uchun “Work and Travel” dasturi asosida turli xil mamlakatlarga sayohatlarni ham uyushtirib boradi. Bu kabi dasturlar asosida esa talabalar xorijiy mamlakatlarda ham sayohat, ham ishlashlari mumkin bo‘ladi.
Masalan, mazkur o‘quv yilida universitetning ayrim talabalari “Work and Travel” dasturida ishtirok etishib, Bolgariya davlatiga jo‘nab ketishdi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Universitetga yaqinidagi yotoqxona
Profi University o‘z talabalari qulayligi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga harakat qiladi. Shu sababli, universitet binosiga juda yaqin joyda yotoqxona faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. Yotoqxona 600 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar uchun kerakli barcha qulayliklar mavjud.
Talabalarni ish bilan ta’minlash
Profi University doimo zamonga hamohang bo‘lishga intiladi. Hozir mehnat bozori tez sur’atlarda rivojlanib, o‘zgarib boryapti. Bu o‘zgarishlarga tayyor va raqobatbardosh bo‘lish uchun oliygoh allaqachon harakatni boshlagan.
Shu sababli, universitetning “Karyera markazi” “Karyera”, “Jobish.uz” hamda “Career.edu.uz” platformalari yordamida talabalarni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Bu orqali talabalar elektron portfoliolarini yaratishi va ish beruvchilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Karyera platformasi orqali talabalar nafaqat o‘zlarining rezyume namunalarini tayyorlashi, balki u yerda turli xil kompaniyalardan ish takliflari ham olishi mumkin.
2025–2026-o‘quv yilida Profi Universityni tamomlagan 2261 nafar bitiruvchining 1791 nafari (79,2 foiz) bugungi kunda turli sohalarda mehnat faoliyatini olib boryapti. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bitiruvchilarning 1121 nafari xususiy sektorda ishlayotgan bo‘lsa, 244 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 76 nafari MCHJ ta’sischisi, 33 nafari esa yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.
23 nafar bitiruvchilarning bevosita davlat xizmatchisi sifatida ishlayotgani universitet bitiruvchilarining davlat boshqaruvi tizimida ham o‘z o‘rnini topayotganidan dalolat bermoqda. Yana bir qiziqarli jihat: ayol bitiruvchilarning bandlik darajasi 83,3 foiz, erkaklarda esa bu ko'rsatkich 69,7 foizni tashkil etmoqda.
Profi University — bu nafaqat bilim maskani, balki real hayotga tayyorlovchi oliygoh hisoblanadi. Bu yerda o‘qish jarayoni nafaqat auditoriya ichida, balki real muhitda tajriba orttirish bilan uyg‘unlashgan.
Har bir talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotdan o‘tadi, bu esa nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmaga aylantirish imkonini beradi. Profi University hamkor tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, talabalarning o‘qish davridayoq ishga yo‘naltiradi.
Ya’ni, bu yerda o‘qish davomida talabalar ish jarayonini his qiladi, amaliy muammolar ustida ishlaydi va tajribali mutaxassislar bilan bir jamoada faoliyat yuritadi.
Chunki bugungi kunda ish beruvchilar faqat bilim emas, balki amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislarni izlaydi. Bu universitet esa ana shunday kadrlarni tayyorlaydi.
Universitet diplomi tan olinadimi?
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi. Xususiy universitetlar bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom taqdim etishi nazarda tutilgan. Bu esa xususiy universitet diplomi davlat universiteti diplomi bilan bir maqomga ega degan ma’noni anglatadi.
2025/2026-o‘quv yili yakunida Profi University o‘zining bitiruvchilarini katta hayotga kuzatdi. Bitiruvchilar uchun “Bitiruv oqshomi” o‘tkazilib, ularga diplomlar topshirildi. Hozirgi kunda esa oliygoh bitiruvchilarining 80 foizi Profi University diplomi bilan turli xil sohalarda ishlashmoqda.
Universitetning oliy maqsadi qanday?
Universitet tanlashda oliygohning asosiy missiyasi va maqsadlari qandayligi ham juda muhim. Shu sababli, qaysidir universitetni tanlashingizdan avval uning oliy maqsadi qanday ekanligi bilan qiziqib ko‘ring.
Profi University oliy maqsadi ta’lim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z bilimi va salohiyati bilan insonlarning hayotini yaxshilay oladigan professional kadrlar orqali rivojlangan jamiyat yaratilishiga hissa qo‘shishdir.
Kelajakda Profi University faqat universitetgina emas, O‘zbekiston, balki dunyo bo‘yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriyalarga ega bo‘lgan yirik maskanga aylantirish reja qilingan.
Ro‘yxatdan o‘ting
HUJJAT TOPSHIRISH
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Oliy ta’lim
1-oktaybrdan xususiy universitetlarga qabul yopiladi
O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Oliy ta’lim
O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Oliy ta’lim
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
249 432 nafar bitiruvchining natijalari respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha bo‘yicha tahlil qilingan. Tahlil doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqishi uchun qancha vaqt talab etilishi, ularning qaysi qismi barqaror bandligini saqlab qolishi va oʻrtacha rasmiy daromadlari qanday ekani oʻrganilgan.
Yangiliklar
Xususiy universitetlarga qabul jarayonlari davom etmoqda
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang