Maktablarda bo‘lar-bo‘lmas tadbirlar o‘tkazishga chek qo‘yiladi
20205-yil 8-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini isloh qilish masalalari yuzasidan qilingan taqdimotda maktablarda o‘tkaziladigan ma’naviy-tarbiyaviy tadbirlarni tartibga solish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, hozirda ta’lim muassasalarida bunday tadbirlarga turlicha yondashib kelinmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va iste’dodini yuzaga chiqarishda yaxlit tizim yo‘q.
Shu bois, bolalar bog‘chasidan oliy ta’limgacha qamrab olgan yagona milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi. U ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy rejasi bo‘ladi. Natijada bunday ishlar tartibli va saviyali tashkil etilib, o‘quvchilar ortiqcha tadbirlarga jalb etilmaydi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev ham O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.
‘‘Shu paytgacha bog‘cha o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha, maktab alohida, oliy ta’lim alohida, bir-biri bilan yagona g‘oyaviy tarbiyada bog‘liqlik yo‘q edi. Tahlil qilinganda, har bitta bog‘cha, maktabda 200 dan ortiq o‘quv yili davomidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi tuzilardi va bu ijroga qaratilardi.
Bu o‘z navbatida sifat nuqtayi nazaridan bir natija ko‘rsata olmasdi. Mana shu nuqtayi nazardan, bugun bog‘cha, maktab, oliy ta’limni bir-biriga bog‘laydigan, biri ikkinchisini mantiqan davom etadigan yagona ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejasi, bunda oylarga nom berildi, har bir oydagi berilgan haftaning nomlari, reja asosida mavzu va uni amalga oshirishning mexanizmlari, ssenariysi bilan pastga tushirildi.
Bu o‘z navbatida nima beradi? Demak, bog‘chada boshlangan o‘sha g‘oyaviy, tarbiyaviy masalalarimiz mantiqan maktabda yoshlar kesimida va bu oliy ta’limda davom etadi, bir-biri bilan uzviy bog‘landi. O‘zbekistonda milliy tarbiya modulini yaratish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab berildi.
Bu o‘z navbatida bog‘chada, maktabda, oliy ta’limda o‘quvchi-yoshlarga qilinayotgan, demak, tarbiyaviy masalalarni yangi bosqichga olib chiqishda aniq, maqsadli harakatni yuzaga keltiradi. Ochig‘ini aytish kerak, mana shu maktablarimizda doimiy ravishda sinf soatlari mavjud edi va bu juma kunlari o‘tkazilardi va bu jarayonda ham yangi bosqich bugun taqdimotda alohida aytildiki, bu yilgi o‘quv yilimiz ham mana shunday katta yangiliklar bilan boshlandi.
Haftaning har dushanba kuni birinchi soat, demak, o‘quvchilarni maktab hovlisidagi O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib, birga kuylash bilan boshlanib, birinchi soat “Kelajak soati” darslari bilan boshlandi. Bu yerda ham aniq maqsadlar ko‘zlangan.
Demak, har bitta mavzu va bu mavzu doirasida yoshlar kesimida o‘quvchilarga yetkazadigan ma’lumotlar doirasi videokontent bilan boyitildi. Va bu milliy-tarbiya.uz platformasiga joylashtirilib, bu nafaqat o‘quvchilar, o‘qituvchilar, balki ota-onalar uchun ham ochiq, erkin platformaga joylashtirib borildi’’, - dedi Farxod Boqiyev
Berilgan ma’lumotlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarida rejadan tashqari tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni qanday qilib nazorat qilib borish haqida to‘liq ma’lumotlar berilmagan. O‘ylaymizki, vazirlik bu boradagi rejalarini ham tez kunlarda ochiqlaydi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligida hududiy rahbarlar va boshqa mas’ul lavozimlardagi kadrlar faoliyati tahlil qilinadi.
Ta'lim siyosati
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi. Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yagona davlat siyosati yuritiladi.
Yangiliklar
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida rasman Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi joriy etildi. Shuningdek, ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 12 ta shtat birligidan iborat kotibiyat tashkil qilinadi.
Ta'lim siyosati
Ta’lim va ilm-fan vazirligining tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi?
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ayrim takliflar tayyorlangan. Unga ko‘ra, yangi vazirlik tizimida besh nafar vazir o‘rinbosari, ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi bir nechta departamentlar hamda hududiy boshqarmalar bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang