Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
“O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hujjatda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida inson huquqlari ta’limini kengaytirishga qaratilgan bir qator takliflar mavjud.
Qaror loyihasida 2026-yil yanvar oyidan boshlab umumiy o‘rta maktablar va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” joriy etish nazarda tutilmoqda.
Bunda 2026–2029-yillar davomida maktablarda o‘tkaziladigan “Kelajak soati” darslari mazmuniga inson huquqlari mavzulari kiritiladi. O‘quvchilar o‘rtasida “Mening huquqlarim” mavzusida insho, rasm va videoroliklar tanlovlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, har yili dekabr oyida “Inson huquqlari haftaligi” o‘tkaziladi. Uning doirasida barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” festivali (ochiq eshiklar kuni) tashkil etiladi;
2026-yil iyundan boshlab “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tengligi, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” nomli milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Tanlov uchun maxsus Nizom ishlab chiqiladi va u har yili muntazam o‘tkazilib boriladi.
Loyihada 2026-yil sentyabrdan “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida respublika bo‘ylab interfaol treninglar, debatlar, “Digital Rights Week” tadbirlari va #MyDigitalRights xeshteg kampaniyasini o‘tkazish taklif etilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Ombudsman soati” — bu maktablarda inson huquqlari bo‘yicha tizimli, muntazam va amaliy bilim berishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv mashg‘ulotidir. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni oshirish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish, shuningdek, adolat, tenglik va hurmat tamoyillariga asoslangan muhitni shakllantirishdan iborat.
2023-yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasini amalga oshirib kelinayotgandi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang