Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Joriy yil 3-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Unda deputatlar tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi uchun 2026-yilga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori, ularning maqsadli sarflanishi, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti yuzasidan mas’ullarga qator savollar berildi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saydullo Azimov ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmasligi, ammo ta’lim muassasalarida bu bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan taqdirda mas’ullarga jarimalar qo‘llanilayotganini, shu sababli kelasi yilgi davlat budjetidan yong‘in xavfsizligi uchun ta’lim tashkilotlariga pul ajratishda qanday rejalar borligini so‘radi.
“Yaqinda nazorat-tahlil o‘tkazganimizda, mana budjetdan moliyalashtiriladigan maktab, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlarida, hududlarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha pul ajratish yo‘q.
Lekin inspektorlar borilayotgan joyda ularni nazorat qilinyapti, jarimalar solish holatlari bo‘lyapti, o‘sha rahbarlarga. Men aytmoqchimanki, mana shu keyingi yil budjet parametrlarida mana shu yong‘in xavfsizligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida punktlar ajratilyaptimi?
Mana shu pul ajratilmaganligi natijasida yong‘in xavfsizligi ta’minlanmayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha qanday takliflar kiritilgan va buning yechimi nima bo‘ladi?”, - deya savol berdi Saydullo Azimov.
Mazkur savolga Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tegishli mas’ul javob berib, ta’lim tashkilotlaridagi yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar 2026-2030-yilga mo‘ljallangan dasturda nazarda tutilgani, bu yo‘nalish uchun mablag‘lar tegishli hokimliklar tomonidan amalga oshirilishini ma’lum qildi.
“Haqiqatan, savol juda o‘rinli. Sababi, yillar davomida ta’lim muassasalari, barcha ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qator muammoli masalalar qolgan. Bular asosan yong‘indan avtomatik ravishda xabar berish signalizatsiyalarini o‘rnatilishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, elektr simlarining qarshilikka chidamliligini laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan to‘liq ta’minlash masalalari muammo bo‘lib kelayotgan edi.
Joriy yil 20-oktabrda muhtaram prezidentimizning 185-sonli farmonlari, 310, 311-sonli qarorlari imzolandi. Bu qarorlarda aynan ta’lim muassasalari, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshiriladigan profilaktik, texnik masalalar hammasi o‘zi qamrab olindi.
2026-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan o‘zimizning dasturlarimizni ta’lim, ya’ni Oliy ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari bilan birgalikda ishlab chiqdik. Bu ko‘tarilayotgan masalalar, ya’ni mablag‘ ajratish masalalari hududiy hokimliklardan…
Xuddi shunday qarorlarda ham, farmonda ham qo‘yildiki, hududiy hokimliklar tomonidan bosqichma-bosqich shu 2030-yillargacha mablag‘ ajratilib, yong‘in xavfsizligi talablarini bajarish bo‘yicha qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish nazarda tutildi va bu nazoratga olindi”, - dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’uli.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash, darsliklar chop etish, pedagoglarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish, maktablarni jihozlash hamda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga sarflandi.
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Ta'lim siyosati
2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Avvalgi tartib bo‘yicha bir viloyatda maktab qurilishi kerak bo‘lsa, buning uchun qaror Toshkentda qabul qilinardi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang