Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash, darsliklar chop etish, pedagoglarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish, maktablarni jihozlash hamda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga sarflandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida 2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarga ajratilgan davlat mablag‘larining sarflanishi masalasi muhokama qilindi.
Bog‘cha qamrovi 78 foizda saqlanib qoldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hisobotida qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha ta’lim sohasida 700 ta yangi nodavlat bog‘cha tashkil etilgan. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion 75,9 milliard so‘m subsidiya ajratildi. Bu esa maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 78 foizda saqlab qolish imkonini bergan.
Xorijiy til o‘qituvchilarining 76,4 foizi sertifikatga ega
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchilarining 76,4 foizi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 226 nafar bitiruvchisi dunyoning TOP-300 oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Shuningdek, nodavlat maktablar soni 786 taga, ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni esa 181,6 ming nafarga yetdi.
Darsliklar uchun 1,9 trillion so‘m ajratilgan
Ta’lim tizimi uchun nisbatan ko‘proq mablag‘ darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash uchun sarflangan. Hisobot davrida maktablar uchun 89,3 million nusxa yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini chop etish hamda yetkazib berish uchun 1,9 trillion so‘m ajratilgan. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun 802 mingta o‘quv qurollari to‘plamini yetkazib berish ishlari davom etmoqda.
Ta’lim sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan 1 500 nafar pedagogni rag‘batlantirish uchun 120 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Shuningdek, 208 ming nafar pedagog attestatsiyadan o‘tkazildi, 80,5 ming nafari malaka oshirish kurslariga jalb etildi, maktablarga 1 325 nafar xorijiy mutaxassis jalb qilindi.
Yil oxirigacha yana qanday natijalarga erishish rejalashtirilgan?
Yig‘ilishda yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim qamrovini saqlab qolish, barcha maktablarni sport jihozlari bilan ta’minlash, 1 000 ta ta’lim muassasasini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlash, 129 ming nafar pedagogning malakasini oshirish hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish testlari bo‘yicha o‘rtacha natijasini 75,5 ballga yetkazish vazifalari belgilangani qayd etildi.
Oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirlgan xarajatlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun rejalashtirilgan 6,3 mlrd. so‘m budjet mablag‘ining yarim yillikda 2,5 mlrd so‘mi o‘zlashtirilgan. Shundan, 1,9 mlrd so‘m oliy ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Talabalar turar joylari bilan ta’minlanganlik darajasi 58 foizga yetkazildi, talabalar turar joylari sig‘imi 159 mingdan ortiq o‘ringa oshirildi.
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida 441,8 milrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar soni 20,7 ming nafarga yetdi, davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro hamkorlik to‘liq ta’minlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Ta'lim siyosati
2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmasligi masalasi ko‘tarildi.
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Avvalgi tartib bo‘yicha bir viloyatda maktab qurilishi kerak bo‘lsa, buning uchun qaror Toshkentda qabul qilinardi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang