Ta’lim tizimi xodimlariga har 5 yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til beriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.
Bu haqda 2025-yil 26-dekabrdagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan tarmoq jamoa kelishuvini tuzish bo‘yicha qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan jamoa kelishuvida nazarda tutilgan.
Mazkur Tarmoq jamoa kelishuvi 9 bob, 169 ta banddan iborat bo‘lib, unda xodimlarning mehnat, ish haqi, ularning ish bilan bandligi hamda ijtimoiy kafolatlari borasida muzokaralar olib borish va jamoa shartnomalarini tuzish huquqi bo‘yicha majburiyatlar belgilangan.
Ma’lumki, Mehnat kodeksining 220-moddasiga ko‘ra xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har 5 yil uchun 2 kalendar kun, jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi belgilangan.
Ushbu moddaning 3-qismiga ko‘ra jamoa kelishuvlarida ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2026-2028-yillar uchun tuzilgan Tarmoq jamoa kelishuvining 77-bandida Mehnat kodeksining 220-moddasi bo‘yicha qo‘shimcha ta’til berishda boshqa ish beruvchidagi va boshqa tarmoqdagi ish stajlari ham kiritilishi belgilangan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat standartlari boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qarshiyev Tarmoq jamoa kelishuvining 77-bandini alohida tahlil qilib, mazkur talabni bajarmagan ish beruvchilar uchun javobgarlik borligini alohida eslatib o‘tdi.
Ma’lumki, Mehnat kodeksining 25-moddasida ish beruvchi mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etishi majburiyat sifatida belgilangan. MK 14-moddasida ichki hujjatlarga xodimning holatini jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritish taqiqlanadi.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘zlarining jamoa shartnomasi va boshqa ichki hujjatlarini Tarmoq kelishuviga muvofiqlashtirishi va xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.
(Bu MK 222-moddasiga ko‘ra: 56 kalendar kun mehnat ta’tili va MK 220-moddasi 2-qismiga asosan: uzoqroq qo‘shimcha ta’til beriladigan xodimlarga tatbiq etilmaydi).
Bu muhim: Mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’til berishda Tarmoq kelishuviga rioya etilmasa, bu qonun buzilish sifatida baholanadi va ish beruvchi uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlar pedagog.uzedu.uz platformasida eʼlon qilgandan so‘ng, nomzodlar ishga kirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirishadi.
So'ragan edingiz
Yaqin maktabda vakansiya bor, test natijam bilan ishga kira olamanmi?
Nizomga ko‘ra, talabgorlar ta’lim tashkilotlaridagi vakant ish o‘rinlari uchun pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ariza topshiradi hamda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov (test) asosida ishga qabul qilinadi.
So'ragan edingiz
ERP bazasiga kiritilmagan pedagog “qizil” maktabga ishga kira olmaydimi?
Vazirlik mas’ullarining aytishicha, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirgan hamda saralashdan o‘tgan pedagog kadrlarning ma’lumotlarini ERP bazasiga kiritish uchun joriy yilning 5-avgustiga qadar muddat belgilangan.
Yangiliklar
Endi maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart bo‘lmaydi
Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzodni ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang