Xususiy maktab o‘qituvchilari ham “Yil o‘qituvchisi” tanlovida qatnashsa bo‘ladimi?
Savol
Xususiy maktabda ishlayman. Men ham “Yil o‘qituvchisi” tanlovida qatnashsam bo‘ladimi? Masalan, attestatsiyada davlat maktabi o‘qituvchilari kabi ishtirok etishimizga ruxsat berilgan. Bu “Yil o‘qituvchisi”da ham ishtirok etishimizga ruxsat bormi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qarori bilan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur qaror bilan “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Nizomning 2-bandiga ko‘ra nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun murojaat yuborish vaqtida oliy yoki birinchi malaka toifasiga hamda kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega, ta’lim tashkilotlarida tanlov o‘tkaziladigan o‘quv yili boshidan asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim.
Ammo, tanlov faqatgina Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.
Shu sababli, nodavlat ta’lim muassasalarida ishlaydigan pedagog xodimlar “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etolmaydi.
Xususiy maktab o‘qituvchisi attestatsiyada ishtirok etishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizom nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlarini ham attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasi berishni tartibga soladi.
Bunda nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra mazkur nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Tanlov natijalari e’lon qilingan bo‘lsa-da, pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati berilmagan.
Yangiliklar
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Olmaotadagi 95-sonli maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Tatyana Beloussova nufuzli Global Teacher Prize 2026 xalqaro tanlovining finalchisi deb topildi.
So'ragan edingiz
"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi?
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi aniq belgilangan tartib asosida uch bosqichda tashkil etiladi.
Yangiliklar
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalgani, o‘qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so‘ng g‘ayrioddiy tarzda pasaytirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang