“Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar ishdan olinadi” — pedagoglarga bosim o‘tkazilmoqda
Ma’lumki, ayni vaqtda pedagog xodimlar bahorgi attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Arizalar qabuli 1-martga qadar davom etdi, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun to‘lov qilish muddati 10-martga qadar uzaytirilgandi. Hozirgi kunda pedagoglar tomonidan yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda.
Attestatsiya jarayonida ishtirok etish orqali pedagog xodimlar amaldagi malaka toifasini oshirishi, saqlab qolishi, 70 foizlik ustamaga ega bo‘lishi, kelgusi yilgi “Vazir jamg‘armasi” tanlovining ikki bosqichli saralash jarayonlarida nomzod sifatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.
So‘nggi vaqtlarda navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza topshirgan pedagoglarga arizalarini qaytarib olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, arizasini qaytarib olmagan yoki malaka toifa test sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilib, ularga turli bosimlar o‘tkazilayotgani aytilmoqda.
Maktabgacha ta’lim sohasidagi tarbiyachi va pedagoglarni attestatsiyaga tayyorlab kelayotgan mutaxassis Muslima Darmonova o‘zining Telegram sahifasida yozishicha, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi yoki muassasa rahbarining “reyting tushadi” degan vaji bilan navbatdan tashqari ariza topshirgan pedagoglarga ushbu arizalarini qaytarib olish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan pedagoglardan agar test sinovi natijalari 57 balldan past chiqadigan bo‘lsa, ishdan bo‘shashga rozilik bildirishi haqida kafolat xati ham yozdirib olinayotgani aytilmoqda.
Pedagoglarning aytishicha, bu kabi topshiriqlar Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan. Hatto hududiy boshqarmalar tomonidan kafolat xati namunalari tayyorlanib, muassasa rahbarlariga yetkazilmoqda.
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan yuborilgani taxmin qilinayotgan audioxabarda boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan demo testda umuman ball to‘play olmagan xodimlarning birma-bir arizasini kiritilib, platformadan o‘chirtirish haqida so‘z boradi. [tahririyatda audio fayllar mavjud]
“Men sizlarga taqdimotda har biringizga tushuntirgandim, shaxsan o‘zim gaplashganim bilan. KPI borasida, attestatsiya borasida, toifa borasida o‘zingiz ishongan, bilimiga ishongan, o‘zingiz testdan o‘tkazgan xodimlaringiznigina platformaga kiritinglar, ariza topshirtiringlar, deb.
Bilmayman, nimaga bunaqa bemas’uliyat qaragansizlar, nechtadan xodiminglar ariza kiritib, pul topshiryapti. Hozir Malohatoyga men topshiriq berdim, jiddiy shug‘ullanib, bugun oxiriga yetib bering, deb. Qizilga tushgan, demo testda, boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan demo testda umuman ball to‘play olmagan xodimlar bor, sharmanda.
Shularning hozir hammasini birma-bir arizasini kirgizib, platformadan o‘chirtirasizlar. Ertaga obetdan keyin Zoom bo‘ladi, maktab, bog‘cha kesimida shaxsan rahbar gaplashaman, deyapti. Agar bugun qila olmasangiz, ertaga javobingizni ham tayyorlab qo‘ying.
“Nimaga qilmading?” degan savolga javobingizni tayyorlab qo‘ying. Siz yoddan bilishingiz kerak, qaysi xodimingiz attestatsiyadan o‘tadi, nima tayyorgarlik qilyapti, u? Qayerda, men sizlarga aytganman, kerak bo‘lsa, malaka oshirish bilan ishlanglar, deganman. Ballini qaranglar u xodimlarning.
Ertaga o‘zingiz tugul, tumanning KPI’iga katta ta’sir ko‘rsatishingizni nahotki tushunmasangiz? Nimaga bunaqa bemas’uliyat qaraysiz hamma narsaga? Tumanning taqdiri yotibdi-ku buning tagida, toifa tagida”, - deyiladi audioxabarda.
Yana bir boshqa audioxabarda aytilishicha, pedagoglarning navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirokini cheklash bo‘yicha alohida yig‘ilish ham o‘tkazilib, rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
“Hozir yig‘ilishda hammanglar rahbaridan eshitdinglar. Shunga mana ro‘yxatni bog‘chalardan, attestatsiyaga ariza topshirganlar ro‘yxatini tashladim. Shu ro‘yxatdagilarni hammanglar o‘zinglar bog‘chalaringizni ajratib olib turib, shu kafolat xatiga to‘ldirib, qilib berasizlar.
Endi bunda asosiy maqsad shu bo‘lyaptiki, attestatsiyada qatnashib turib, 20-30 ball olib, 40 ball olib sharmanda bo‘lib kelgandan ko‘ra, tayyorlanib, o‘z ustida tayyorlanib, kuzda topshirsin deyapti. Shuning uchun ertalab hammasini (o‘zi bitta-ikkitadan ekan, bog‘chalarda) chaqirasizlar, yuzma-yuz gaplashasizlar, attestatsiyada yuqori ball oladigan darajada bo‘lsa, bemalol “pojalusta” qatnashib, o‘tib kelib, toifasini oshirib olsin.
O‘ta olmaydigan yoki boshqa bo‘ladigan bo‘lsa, hozir arizaning namunasini ham tashlab beraman. O‘sha arizani to‘ldirib, aslini menga yuborasizlar, kafolat xati bilan birga. Men ertaga 12:00 da boshqarmada bo‘lishim kerak. Shuning uchun 11 dan keyin men sizlarni qidirib yurmay, 11.00 gacha qo‘limga yetkazinglar, chunki bitta-ikkitadan bor ekan, har bir bog‘chada, unaqa ko‘p emas.
Vaziyatni bildinglar, jiddiyligini. Endi bu yerda attestatsiya turi degan joyga e’tibor berasizlar. Majburiy deganlarga tegmanglar, ular majburiy, o‘zi majburiy. Ularni shunchaki ogohlantirib qo‘yasizlar: o‘zingning ustingda ishla, toifangni oshirib ol, past ball olmagin, deb qo‘yasizlar. Ularni attestatsiyadan chiqarib yuborib bo‘lmaydi. Ixtiyoriy topshirganlar bilan individualniy shug‘ullanib, ularga motivatsiya berib yoki hozir tayyor emas bo‘lsa, ana shu men bergan arizani to‘ldirib, attestatsiyadan qaytarib olish mumkin.
Iltimos, ertaga 11.00 gacha mening qo‘limga yetib kelsin, shu kafolat xati bilan birga, agar bor bo‘lsa, arizani, ya’ni toifadan nomzodni qaytarib olish uchun yozgan arizasi”, - deyiladi audioxabarda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.
Bunda o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Yuqoridagi holatlar esa mazkur nizom talablariga mutlaqo zid. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat bo‘yicha rasmiy izoh berishi zarur, deb hisoblaymiz.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Yangiliklar
Prezident topshirig‘i bilan o‘qituvchilar attestatsiyasi bekor qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘iston bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya testi rasman bekor qilindi.Bu haqda Qozog‘istom ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova ma’lum qildi.
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang