Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
Senatning 18-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza koʻrib chiqildi.
2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, bunda eng koʻp korrupsiyaga oid jinoyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mahalliy hokimliklar hamda tijorat banklari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Agentlik tomnidan qilingan ma’ruzada maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida aynan qanday korrupsiyaviy holatlar kuzatilgani to‘liq ochiqlanmagan. Ammo, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2025-yilgi hisobotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayrim raqamlar bilan tanishish mumkin.
Xususan, Agentlik xalqtaliminfo.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotlarida 2025-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida esa bir qancha noqonuniy holatlar aniqlanganligi qayd etilgan.
Jumladan, 666,6 mlrd. so‘mlik 189 ta davlat xaridlari yuzasidan davlat buyurtmachilariga 117 ta taqdimnoma kiritilgan, 70 mlrd. so‘mlik 60 ta xaridlar bekor qilingan hamda 667,5 mlrd. so‘mlik 166 ta davlat xaridlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 109 ta so‘rovnoma yuborilgan.
Shuningdek, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan MTMlari uchun jami 441,7 mlrd.so‘mlik “autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatish” bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlarda qonunbuzilish holatlari yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Bunda mansabdor shaxslarning 14 nafariga (16 mlrd.) ma’muriy, 12 nafariga (3,8 mlrd.) intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 49 nafariga bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborilgan (MJtKning 193-4-moddasi).
Undan tashqari Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov Rossiya Federatsiyasining maktab bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan “Alvon yelkanlar” (“Alyye parusa”) bayramiga iqtidorli o‘quvchilarni yuborish o‘rniga o‘g‘li va jiyanini, shuningdek, boshqarmaning ayrim bo‘limlari rahbarlari va mas’ul xodimlarining farzandlarini yuborgani aniqlangan.
Surishtiruv natijalaridan so‘ng, xorijga yuborilgan 8 nafar o‘quvchidan 4 nafari bevosita boshqarma boshlig‘ining o‘g‘li va jiyani, yana ikki nafari boshqarmada ishlovchi buxgalter va metodistning farzandi ekani ham ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, iqtidorli yoshlar o‘rniga farzandi va jiyanini xorijga yuborgan samarqandlik amaldorlar 28 mln so‘m mablag‘ni budjetga qaytargan. Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida boshqarma boshlig‘i Muzaffar Hamdamov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Ta’kidlab o‘tish joizki, 2024-yilda davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etgandi.
Bunda vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ham 81 ball bilan “yaxshi” natijaga erishgan bo‘lsa, Maktabgacha ta’lim agentligi 56 ball bilan “qoniqarli” deb topilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Farg‘onada maktab direktorlari ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinyapti, vazirlik bundan xabardormi?
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 5 yildan ortiq ishlagan maktab direktorlarni ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinayotgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yangiliklar
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang