Oliy toifali o‘qituvchi 23 soat, 1-toifali o‘qituvchi 16 soat: dars taqsimoti qonuniymi?
Savol
Men oliy toifali matematika fani o‘qituvchisiman. Bizning maktabda 62 soat dars mavjud. Maktabimizda 3 ta o‘qituvchi bor. Ikki nafari oliy toifali, xalqaro va milliy sertifikatlari bor, ikkalasida ham. 3-o‘qituvchi faqat umrbod 1-toifali o‘qituvchi.
Dars taqsimotida 1-o‘qituvchiga 23 soat, 2-o‘qituvchiga 23 soat, 3-o‘qituvchiga 16 soat taqsimlandi. Bundan 3-o‘qituvchi norozi va 20 soat dars berasizlar deb talab qilayabdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Pedagoglarga darslarni taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) 15-bandida nazarda tutilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Mazkur nizomning 16-bandiga ko‘ra aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.
Bunda maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.
Yuqoridagi vaziyatda ikki nafar pedagog oliy toifali hamda xalqaro va milliy sertifikatga ega ekanligi, ular ustuvor koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganligi bois, mazkur koʻrsatkichlarning eng ustuvori (oliy malaka toifa)ni inobatga olga.n holda ular o‘rtasida mavjud dars 23 soatdan teng taqsimlanib, to‘g‘ri yo‘l tutilgan.
Bunda birinchi malaka toifaga ega bo‘lgan pedagogga 20 soat dars berilishi uchun ikki nafar oliy toifaga ega bo‘lgan pedagoglarning yozma roziligi olinishi kerak bo‘ladi.
Demak, mazkur holatda dars soatlarining 23–23–16 ko‘rinishida taqsimlanishi amaldagi tartibga zid emas. 3-o‘qituvchiga 20 soat dars berilishi esa ikki nafar oliy toifali o‘qituvchining yozma roziligi asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Shunday ekan, 3-o‘qituvchining “menga albatta 20 soat berilishi kerak” degan talabi huquqiy jihatdan asosli emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ikkita mutaxassislikka egalik dars taqsimotida ustunlik beradimi?
Dars soatlari pedagogning umumiy o‘quv yuklamasi va nizomda belgilangan ustuvorlik mezonlari asosida, boshqa pedagoglarning huquqlari ham inobatga olingan holda taqsimlanishi lozim.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?
Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi
Avvalroq, xalqtaliminfo.uz’da boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir maqola e’lon qilingandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasi muhokamalar markazida
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda bir qancha alohida fanlar ham o‘qitiladi. Shu kunga qadar mazkur fanlarning ayrimlari yuqori sinf o‘qituvchilari, ayrimlarini esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib kelingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang