Top.Mail.Ru
Noqulay ob-havo tufayli darslar onlayn tarzda o‘tiladi — Qozog‘iston

Noqulay ob-havo tufayli darslar onlayn tarzda o‘tiladi — Qozog‘iston

19:40 / 20.02.2024 567

Qozog‘istonning bir nechta viloyatlarida kuchli qor bo‘ronlari sababli darslar bekor qilingan. Kun.uz nashrining xabar berishicha, bugun, 2024-yil 20-fevral kuni noqulay ob-havo hukm surayotgan hududlarda darslar onlayn o‘tiladi.

Jumladan:
➖ Mamlakat poytaxti Ostona shahrida birinchi smenada o‘qiydigan 0–9-sinf o‘quvchilari;

➖ Semey shahrida birinchi smenaning 0-11-sinf o‘quvchilari va kollej o‘quvchilari;

➖ Qarag‘andada birinchi smena talabalari;

➖ Ust-Kamenogorskda birinchi va ikkinchi smenadagi 0–11-sinf o‘quvchilari uchun darslar masofaviy o‘qitish formatiga o‘tkazilgan.


Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning ko‘plab viloyatlarida bir necha haftadan buyon noqulay ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Joylarda qor bo‘ronlari va kuchli shamol esmoqda. Oqibatda respublika ahamiyatidagi juda ko‘plab yo‘llar vaqti-vaqti bilan yopilmoqda.

2024-yil 20-fevral holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning markaziy va shimoliy hududlarida havo harorati kunduzi -15..., -25 daraja, tunda -20..., -35... daraja sovuq bo‘lyapti. 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil dekabr oyida ham Qozog‘istonning Ostona, Olmaota, Chimkent, Qarag‘anda, Kokshetau, Pavlodar, Semey, Petropavlovsk, Taraz shaharlarida sovuq tufayli o‘quvchilar masofaviy ta’limga o‘tkazilgandi.

word.comments 0

word.show_more
word.comment_for_register

Teglar

  • Qozog'iston

Ulashish