Top.Mail.Ru
20-may kuni ommalashtirishga tavsiya qilingan ishlar e’lon qilinadi

20-may kuni ommalashtirishga tavsiya qilingan ishlar e’lon qilinadi

20:00 / 11.05.2024 4.42k
Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi  Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda. Bu haqda Respublika taʼlim markazi xabar berdi.

2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan “Rad etilgan” metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi.

2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqolpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi.  

Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan “Rad etilgan” talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi.  

Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi. 

2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
“Talabgorlar natijalar boʻyicha ommalashtirish.uz platformasidagi shaxsiy kabineti, @ommalashtirishuzbot telegram boti  hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Respublika taʼlim markazi rasmiy telegram kanallari orqali tanishishlari mumkin”, deyiladi Respublika taʼlim markazi xabarida.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ommalashtirish

Ulashish