Top.Mail.Ru
Olmaotada zilzilalardan keyin maktab va kollej darslari bekor qilindi

Olmaotada zilzilalardan keyin maktab va kollej darslari bekor qilindi

10:15 / 23.01.2024 528

Olmaotadagi maktab va kollejlarda 23-yanvar kuni birinchi smenada darslar bekor qilindi —taʼlim muassasalari tunda aholini qabul qilish punkti sifatida ishlagan. Bu haqda “Nur.kz”ga tayanib Daryo.uz nashri xabar berdi.

Bog‘chalar odatdagidek ishlaydi, bolalar bog‘chasiga tashriflar ota-onalarning so‘roviga binoan amalga oshiriladi, deb ta’kidladi boshqarma.


Tunda Olmaotada ikki marta yer silkinishi sezildi. Shahar aholisi 23-yanvar kuni ertalab 2 ball kuchli silkinishni his qildi, deb xabar qildi Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati Telegram-kanalida. Departament maʼlumotlariga ko‘ra, 5,8 magnitudali zilzila episentri Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan.

Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) zilzila magnitudasini 5,7 deb baholadi. Zilzila Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida sodir bo‘lgan, epimarkazi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. 40 daqiqadan so‘ng o‘sha hududda 4,9 magnitudali yangi zilzila boshlandi, 17 daqiqadan so‘ng esa xuddi shunday magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Shuningdek, taxminan soat 00:07da (Toshkent vaqti bilan 05:07) Qozog‘istonning sharqiy viloyatlarida 3,3 magnitudali zilzila boshlandi.

Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat ichida Olmaota aholisi yana 2-3 balli silkinishni his qilgan. Departament odamlarni tashqariga chiqishga chaqirdi. Keyinroq departament Olmaotada qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • maktab
  • ta'til
  • Qozog'iston

Ulashish