Olmaotada zilzilalardan keyin maktab va kollej darslari bekor qilindi

Olmaotadagi maktab va kollejlarda 23-yanvar kuni birinchi smenada darslar bekor qilindi —taʼlim muassasalari tunda aholini qabul qilish punkti sifatida ishlagan. Bu haqda “Nur.kz”ga tayanib Daryo.uz nashri xabar berdi.
Bog‘chalar odatdagidek ishlaydi, bolalar bog‘chasiga tashriflar ota-onalarning so‘roviga binoan amalga oshiriladi, deb ta’kidladi boshqarma.
Tunda Olmaotada ikki marta yer silkinishi sezildi. Shahar aholisi 23-yanvar kuni ertalab 2 ball kuchli silkinishni his qildi, deb xabar qildi Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati Telegram-kanalida. Departament maʼlumotlariga ko‘ra, 5,8 magnitudali zilzila episentri Xitoy va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan.
Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) zilzila magnitudasini 5,7 deb baholadi. Zilzila Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida sodir bo‘lgan, epimarkazi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. 40 daqiqadan so‘ng o‘sha hududda 4,9 magnitudali yangi zilzila boshlandi, 17 daqiqadan so‘ng esa xuddi shunday magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Shuningdek, taxminan soat 00:07da (Toshkent vaqti bilan 05:07) Qozog‘istonning sharqiy viloyatlarida 3,3 magnitudali zilzila boshlandi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat ichida Olmaota aholisi yana 2-3 balli silkinishni his qilgan. Departament odamlarni tashqariga chiqishga chaqirdi. Keyinroq departament Olmaotada qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Zakovat”da g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi

Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazirlik maktablarni 5 kunlik rejimga o‘tolmasligini aytdi
Vazirlik bundan 6 yil avval ham deyarli xuddi shu muammolarni sanab, maktablarni 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkazish imkonsiz ekanligini aytgandi.

Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarga beriladigan 3 oylik yozgi ta’tilni 1,5 oyga qisqartirish taklifi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ayni vaqtda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ta’til kunlari belgilanmoqda
Izohingizni tahrirlang