Top.Mail.Ru
Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

10:05 / 10.05.2025 89

2025-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. 


Ushbu qaror raqamli sohada xavfsizlikni ta’minlashda muhim hujjat bo‘lib, unda voyaga yetmaganlarning moliyaviy faoliyatiga oid yangi tartiblarni joriy etishni nazarda tutuvchi bandlar ham mavjud.


Qarorga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning bank tizimida ishtirokini tartibga soluvchi quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:


  • voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochish bo‘yicha tegishli talablarni ishlab chiqib, amaliyotda joriy etiladi;


  • banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.


Mazkur qaror raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlarda voyaga yetmaganlarning ishtirokini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan muhim tashabbusdir. 


Unda belgilangan chora-tadbirlar voyaga yetmaganlarni kiberjinoyatlardan himoya qilish, ota-onalarning mas’uliyatini oshirish hamda bank tizimidagi shaffoflik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Kiberjinoyat

Ulashish