Ta’limdagi o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro reytingdagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi

Yaqinda e’lon qilingan “Sustainable Development Report 2025” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 193 davlat orasida 62-o‘rinni egalladi va Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichi bo‘yicha jahon miqyosida e’tirof etildi.
Hisobotda mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish darajasi baholangan. Bu reyting Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 yo‘nalish va 169 ta vazifani o‘z ichiga olib, ular orasida sifatli ta’lim yo‘nalishi ham mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, “Sustainable Development Report 2025” reytingida O‘zbekiston 2024-yilga nisbatan 19 pog‘ona yuqorilab, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi tez taraqqiy etayotgan davlatlardan biri sifatida qayd etilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda qabul qilingan 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari orasida ta’lim sifati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Unda ta’limga oid bir nechta asosiy ko‘rsatkichlar ham mavjud.
- O‘quvchilarni boshlang‘ich ta’limga qamrab olish darajasi (2024): 99.4% — deyarli barcha bolalar maktabga borayotganini anglatadi.
- O‘rta ta’limni tamomlash darajasi (2023): 95.6% — bu ko‘rsatkich ham yildan-yilga o‘sib bormoqda.
- Yoshlar savodxonligi (2022): 100% — 15–24 yoshdagi aholining to‘liq savodli ekani qayd etilgan.
- Bolalarning maktabgacha ta’limga qatnashish darajasi (2022): 65.9% — bu borada kamchiliklar mavjud bo‘lib, bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi borasida ayrim muammolar borligi ko‘rsatilgan.
Hisobotda O‘zbekistonning ta’limga ajratilayotgan davlat xarajatlari YIMga nisbatan 8 foizni tashkil etishi ham alohida qayd etilgan. Bu raqam boshqa mamlakatlar bilan solishtirilganda ijobiy natija sifatida baholangan.
Shuningdek, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun ta’lim imkoniyatlari tengligi, o‘rta va oliy ta’limda ishtirokdagi gender farqi bo‘yicha O‘zbekiston nisbatan barqaror natijalarni ko‘rsatgan.
O‘zbekistonning “Sustainable Development Report 2025” reytingida yuqoriga ko‘tarilishiga ta’lim yo‘nalishidagi bir nechta omillar ham sabab bo‘lgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulnoraxon Abduvohidova ham o‘z maqolasida qayd etgan.
Uning fikricha, “Maktablarni rivojlantirish” dasturi qabul qilingan, xorijiy tillarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratildi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilindi, ayni vaqtda boshqa maktablarga joriy qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Oliy ta’lim qamrovi 2017-yildagi 9 foizdan 2025-yilga kelib 42 foizga yetgan. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi

Endi o‘quvchilar har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi

5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Umumiy hisobda terma jamoa a’zolari tomonidan 2 ta oltin, 2 ta kumush, jami — 4 ta medal qo‘lga kiritildi.

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
8-sinf o‘quvchisi Dilbarxon Haydarova 356,7 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Chazor” elektromobilini qo‘lga kiritdi.

Toshkent Prezident maktabi nufuzli mukofot va 150 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi
“Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi g‘olib deb topildi

Prezident "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 96 nafar taʼlim xodimlarini mukofotladi
Bu haqda tegishli Prezidentning farmoni imzolandi
Izohingizni tahrirlang