Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi
Ma’lumki, maktablardagi suv ta’minoti, sanitariya sharoitlari va gigiyena bilan bog‘liq vaziyat o‘quvchilarning salomatligi va davomatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, maktablarda sanitariya sharoitlari yo‘qligi sabab, har 14 ta qizdan bir nafari ma’lum bir davrda maktabga bormasligi ma’lum bo‘lgan. Kambag‘al oilalarda esa bu ko‘rsatkich bundan ham yuqori bo‘lib, har 8 tadan birini tashkil etadi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan endilikda barcha maktab, bog‘cha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
- ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi,
- sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bog‘chaga geliokollektor olib beriladi;
- 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna o‘rnatiladi.
Ushbu maqsadlar uchun shu yilning o‘zida byudjetdan 780 milliard so‘m ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda bo‘lishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Maktablarning 95 foizida hojatxonalar tashqarida joylashgan, 79 foizi isitish uchun ko‘mirdan foydalanadi.
Yangiliklar
30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy shifokor ko‘rigiga olib borishni tavsiya etgan holda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini eslatib, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang