Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarga beriladigan 3 oylik yozgi ta’tilni 1,5 oyga qisqartirish taklifi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xalqtaliminfo.uz ushbu xabarlar qanchalik asosli ekanligini o‘rganish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘landi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda maktablarda yozgi ta’tilni qisqartirish rejalashtirilmagan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar hech qanday asosga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta)ni tashkil qiladi.
O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari esa quyidagicha belgilangan:
- kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanishi kerak, ammo...
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi mustaqil ravishda belgilanadi.
Yangiliklar
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang