“Zakovat”da g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi

Joriy yilning 14-aprel sanasidan boshlab maktablar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasiga start berilgandi. 14-aprelidan 18-apreligacha har kuni butun respublika hududida musobaqaning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tgandi.
Tuman (shahar) bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar hududiy bosqichda ishtirok etishdi. Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar esa respublika bosqichida ishtirok etdi.
Bunda musobaqaning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkazildi. Musobaqaning respublika bosqichi esa jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkazildi.
Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: Namangan viloyati Chust tumanidagi 52-sonli maktab jamoasi
Mazkur jamoalar diplom, medallar hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.
Shuningdek, respublika bosqichida qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi

Izohingizni tahrirlang