“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri uchun faqat bir soat vaqt ajratiladi

06:00 / 14.05.2024
3.29k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra “So‘nggi qo‘ng‘iroq”da faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, tadbir 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi.
Tadbirda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi.
Shuningdek, maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari munosabati bilan quyidagilar taqiqlanadi:
- restoran va kafelar hamda xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari” o‘tkazish uchun ota-onalardan pul yig‘ish;
- bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmatli kiyimlar olish, restoranlarda o‘tkazish;
- “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borib, turli ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishining oldini olish hamda bitiruvchilarning yengil avtomobillarda guruh-guruh bo‘lib harakatlanishlarini cheklash bo‘yicha ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

14:36 / 24.02.2025
Attestatsiyada 80 ball yiqqan o'qituvchilar 6 mln so‘mlik vazir ustamasini olishi mumkin bo'ladi

11:44 / 24.02.2025
O‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga ko‘paydi

12:27 / 23.02.2025
Yangi o‘quv yilidan CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi

10:37 / 18.02.2025
“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil umumta’lim maktablarini 399 ming 499 nafar bitiruvchilar tamomladi
25 ming 259 nafar o‘quvchiga a’lo darajali shahodatnoma berildi.
13:00 / 28.05.2024

Respublikamizdagi barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi
Fotogalereya bilan tanishing
14:20 / 25.05.2024
Izohingizni tahrirlang