Maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘linmasi
xodimlari tomonidan 156-sonli maktab oshxonasida murojaat asosida o‘rganish
ishlari o‘tkazildi. Bu haqda xabar.uz nashri ma’lum qildi.
Aynan shu kabi nazorat tadbiri
Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 134-sonli ta’lim muassasasida
epidemiologik ko‘rsatkich asosida olib borilgan.
Nazorat davomida maktab oshxonasida
taqiqlangan mayonez va ketchup qo‘shilgan mahsulotlar, rangli va gazli
ichimliklar, saqichlar, qotirilgan nonlar, har xil turdagi qandolat
mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda ushbu
mahsulotlar brakeraj qilindi.
Eslatilishicha, maktab oshxonalarida
taqiqlangan mahsulotlar savdosini cheklash va ularni nazorat qilib borish
maktab hududida tashkil etilgan brakeraj komissiyasi vakolatiga ham kiradi.
Shuningdek, maktab oshxonasiga sotish uchun olib kelingan har bir mahsulotni sifat ko‘rsatkichlariga mosligi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va taqiqlangan mahsulotlar ular tomonidan savdodan olinishi kerak, deyiladi Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
Maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?
Ta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxati mavjud
Yangiliklar
Qozog‘istonda 450 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi
Barcha maktab oshxonalarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi nazorat qilinadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang