Bu yil 202 ming nafardan ortiq pedagoglar attestatsiyada ishtirok etadi
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazir maslahatchisi Azizbek Turdiyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar attestatsiyada ishtirok etish uchun 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilmoqda. Belgilangan mezonlar asosida 42 ta fandan uchta tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) 30 mingga yaqin nazorat sinov materiallari tayyorlangan. Malaka sinovlari joriy yilning 15-aprelidan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, aprel-may oylarida barcha hududlarda o‘tkaziladi.
Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan ta’lim tashkilotlari, boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida kompyuter xonalari va 1 900 ta kompyuter tayyor holatga keltirildi. Attestatsiya natijalari QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.
Matbuot anjumanida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali o‘qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish, ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglar attestatsiyasiga oid tarqalayotgan xabarlar, pedagogik mahorat bo‘yicha tushadigan testlar darajasi shuningdek, attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlari pedagoglarga yaratib beriladigan sharoitlar xususida xalqtaliminfo.uz tahririyati rahbari Ulug‘bek Po‘latov vazirlik mas’ullaridan javob oldi.
Matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqib, ular orasidan shu toifaga kiradigan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirish taklifi berildi. Vazirlik mutasaddilari esa bu masalaga tez orada oydinlik kiritilishini ma’lum qildi.
Tadbir soʻnggida jurnalistlarning mavzuga oid savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Yangiliklar
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang