Xilola Umarova boshchiligidagi guruh Germaniyada
17:00 / 12.04.2024
8.20k
Vazir Xilola Umarova boshchiligidagi guruh Germaniya universitetlari bilan ta’limga doir samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiya a’zolari Germaniyada bo‘lib turibdi.
Unda dastlab Myunxen texnika universitetida o‘tkazilgan “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro simpoziumida ishtirok etdi. Simpoziumda vazir Hilola Umarova ikki davlat hamkorligida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Xususan, vazirlik huzuridagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda Myunxen texnika universiteti hamkorligining 3 yillik faoliyati yuzasidan taqdimot ham tashkil etildi.


Tadbir doirasida Germaniyaning Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kompaniyalari rahbarlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida tashkil etiladigan Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashida ishtirok etish uchun taklif etildi. Aytish lozimki, mazkur Kengash talabalarning amaliyot jarayonlarini muntazam amalga oshirish, sanoatdagi masalalarni ilm-fan, tadqiqot orqali hal etish ishlarini tashkil qiladi. Unga nemis ilg‘or sanoat korxonalari bilan bir qatorda mahalliy korxonalar rahbarlari ham jalb qilinadi.
Simpozium doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalarining sanoatga tayyor kadr bo‘lib borishi uchun turli laboratoriyalar ochish, Siemens kompaniyasi tomonidan universitetning yangi kompusida laboratoriya o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadigan alohida trenajyor markazlari ochish uchun dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari Myunxen texnik universiteti professorlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturini kengaytirish bo‘yicha ham muhokamalar olib bordi. Xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi hamda Mitvayda amaliy fanlar universiteti rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki diplomli magistratura dasturini tashkil etish bo‘yicha anglashiluv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra Sanoat boshqaruvi, innovatsiya va biznesni rivojlantirish dasturida talabalar ikkinchi semestrni Germaniyada davom ettiradi.
Uchrashuvlar doirasida Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti bilan ham anglashiluv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Ingolshtadt amaliy fanlar universitetining yaqin hamkori hisoblanuvchi Audi va BMW kabi korxonalarida amaliyot o‘tashlari mumkin. Vazir Hilola Umarova tashrif davomida Bavariya Parlamentining Ilm-fan va madaniyat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Robert Brannekemper bilan uchrashdi. Qizg‘in ruhda o‘tkazilgan muzokaralarda hozirgi kunda Bavariya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni birgalikda tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Germaniyaning Drezden texnika universiteti, Drezden amaliy fanlar universiteti, Frayberg texnika universiteti, Nyurenberg universiteti bilan ham keng ko‘lamli hamkorlik masalalari muhokama etildi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda mazkur oliygohlarning kelgusidagi ta’limga doir hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi.
Germaniyaning Drezden texnika universiteti, Drezden amaliy fanlar universiteti, Frayberg texnika universiteti, Nyurenberg universiteti bilan ham keng ko‘lamli hamkorlik masalalari muhokama etildi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda mazkur oliygohlarning kelgusidagi ta’limga doir hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
10:50 / 03.03.2026
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
13:36 / 02.03.2026
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
12:38 / 02.03.2026
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
20:00 / 01.03.2026
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Maktab direktorligidan Prezident Administratsiyasigacha: Hilola Umarovaning karyera yo‘li
Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hilola Umarovaning ishdan olinishi va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ko‘pchilik uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.
11:00 / 17.02.2026
Yangiliklar
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat rahbari tomonidan o‘qituvchilar bayrami kuni oldidan e’lon qilingan imtiyozlar nega haligacha joriy qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.
13:50 / 26.01.2026
Yangiliklar
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
U “Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini yoqladi.
16:00 / 30.12.2025
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi.
11:53 / 28.12.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang