1-, 5- va 7-sinf o‘quvchilari avtohalokat tufayli halok bo'ldi
09:50 / 24.04.2024
2.83k
Joriy yilning 15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Oqtom” mahallasi hududidan yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan Gentra avtomobili haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda maktab tomon harakatlanib ketayotgan 5- va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan.
Avtohalokat oqibatida bolalar vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“100 tezlikda kelayotgandim. Boshqaruvni yo‘qotdim. Asfalt yo‘lida yomg‘ir edi. Mashinamning orqasi o‘ynab ketdi. Qo‘rqqanimdan rulni to‘g‘rilay olmadim. Bolalarni urib yubordim”, deydi haydovchi.
Shuningdek, 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida maktabdan qaytayotib piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini katta tezlikda harakatlanib kelgan “Damas” mashinasi urib yuborishi oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shahrisabz shahridagi 11-maktabning 1-“B” sinf o‘quvchisi O. I. 2024-yil 19-aprel kuni maktabga kelgan hamda darslarga to‘liq qatnashgan. Soat 12:35 larda o‘quvchi uyi yonidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganda yuqori tezlikda kelayotgan “Damas” mashinasi urib yuborgan.
O‘quvchi zudlik bilan Shahrisabz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan u vafot etgan.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:51 / 12.11.2024
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
23:45 / 10.11.2024
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
16:37 / 09.11.2024
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
13:22 / 09.11.2024
“Zamhokim” Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga boshliq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
O'quvchilar o'limiga sababchi bo'lgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi
Hodisa joriy yilning 18-mart kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida ro'y bergandi
09:20 / 10.10.2024
5 oyda YTH oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan
294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohati olgan.
22:30 / 26.06.2024
2024-yil 1-iyuldan yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus kameralar oʻrnatiladi
Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
10:30 / 27.03.2024
Maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi – u traktorni boshqarib, poyezd bilan to‘qnashgan
U traktorni boshqarib, poyezd yo‘liga chiqib ketgan.
09:00 / 24.05.2024
Izohingizni tahrirlang