Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi

“O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-381-son, 04.11.2024) imzolandi.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari doirasida “O‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg‘ulotlari kiritilishi belgilandi. Ya’ni, endilikda maktab o‘quvchilari qurol otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘taydilar.
Bunda o‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘zlariga biriktirilgan harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning doimiy joylashuv joyidagi o‘quv-moddiy bazasidan beg‘araz asosda foydalanishlariga ruxsat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan bilan tanishish chog‘ida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tkazilishi, endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinishini aytgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi

Vazirlikning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan “Maktab avtobuslari” sotib olindi

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi

“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi
10-11-sinflarga haftasiga bir soatdan qo‘shimcha yuklama kiritiladi

2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi
2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi

Toifa olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanishi kerakmi?
Ularning ish haqi o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilgan

CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Izohingizni tahrirlang