Top.Mail.Ru
“Informatika” fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari qanday taqsimlanadi?

“Informatika” fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari qanday taqsimlanadi?

08:00 / 26.04.2024 11.35k
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 3-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlangan.

Unga ko‘ra “Informatika va axborot texnologiyalari” fani uchun ajratilgan haftalik oʻquv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-2- va 5-8-sinflarda 1 soatdan;
  • 9-11-sinflarda 2 soatdan oʻqitiladi.

1-2-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va 5-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi. 

Bunda, ushbu fan dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyundaroʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

Izohlar 4

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti
  • Informatika

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumta’lim maktablarida dars soatlarini taqsimlash hamda direktor jamg‘armasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

17:50 / 10.11.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?

Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.

17:38 / 17.08.2026
So'ragan edingiz

Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026