O‘qituvchilar maosh kamligi uchun maktabga bormayapti
Bunga Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov quyidagicha javob berdi.
“Xorijiy til o‘qituvchilaridan C1 darajali til sertifikatini talab qilish Oliy ta’lim muassasalarida ham bor, maktablarda ham bor. Yaxshi xorijiy til o‘qituvchilari maktabga ishga bormayapti oyligi kamligidan, ochig‘ini aytadigan bo‘lsak.
Demak, maktab ishga olmasa undan yaxshi joyga ishga borishi kerak. Albatta, ish beruvchining talabi ham inobatga olinishi kerak. Diplom bor, diplom o‘tadi.
Diplom tan olinmaydi, degani emas, noto‘g‘ri talqin qilinmasin. Sertifikat talab qilyapti, sertifikati bo‘lsin o‘qituvchining, degan ma’noda. Faqat, ish beruvchi talab qilayotgan bo‘lsa, sertifikat olish kerak. Xorijiy til o‘qituvchisi xorijiy tilni hammadan yaxshi bilishi kerak”, deydi Xoliqov.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
So'ragan edingiz
Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
G‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang