Pedagog xodimlarni mehnat ta’tilidan chaqirib olishga chek qo‘yiladi
Unda xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishda aniq sabablari keltirilmagan holatlarga chek qo‘yish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha alohida ko‘rsatma berilgan.
- xodimlarga har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillar berilishini xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘larga mutanosib ravishda reja-jadvali asosida (navbat bilan) ta’minlash hamda belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
- mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari jamlaganda ularning davomiyligini belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligini ta’minlash;
- mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajini, uning davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblashda, shuningdek uni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirishda amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirish;
- har yilgi mehnat ta’tili birinchi ish yilidagi o‘qituvchilarga har yilgi mehnat ta’tili yozgi ta’til davrida to‘liq davomiylikda va ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda berish choralarini ko‘rish.Bilib olingMehnat ta’tili mavzusida qo‘shicha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Mehnat huquqi bo‘yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mas’ul xodimi Lazokatxon Turikovalar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatni batafsil ko‘rishni tavsiya qilamiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
MMTB metodistiga necha kunlik mehnat ta’tili berilishi kerak?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘zlarining jamoa shartnomasi va boshqa ichki hujjatlarini Tarmoq kelishuviga muvofiqlashtirishi va xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?
56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q.
So'ragan edingiz
Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan to'lamaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang