Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
10:38 / 12.07.2024
7.14k
Italiyadagi yangi tartib-qoidalarga ko‘ra, italyan sinflarida smartfonlar va planshetlardan foydalanish taqiqlanmoqda. Kiritilayotgan yangi tartibga ko‘ra, endilikda hatto o‘qitish maqsadlarida ham smartfonlardan foydalanilmaydi.
“Smartfon va planshetlardan foydalanish ko‘pincha o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarishi, ba’zan maktab xodimlariga nisbatan tajovuzkorlik harakatlariga olib kelishi mumkin,” - deydi Italiya ta’lim vaziri Juzeppe Valditara.
Taqiq bog‘cha, boshlang‘ich va quyi o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarga tatbiq qilinadi.
Aslida Italiyada 2007-yildayoq darslarga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda smartfonlardan foydalanish bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi, ammo bu qoidalarga har doim ham amal qilinmasdi.
O‘tgan yili BMTning ta’lim, madaniyat va fan bo‘yicha agentligi YUNESKO butun dunyo bo‘ylab maktablarda smartfonlarni taqiqlashni tavsiya qilgan edi.
Uning ta’kidlashicha, qurilmalar o‘quvchilarni chalg‘itadi va ta’lim natijalariga salbiy ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan tartibga solingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
14:59 / 03.07.2026
Ayol pedagoglar uchun voleybol o‘tkazilib, g‘oliblarga “Damas” avtomobili va 150 mln so‘mgacha pul beriladi
10:42 / 03.07.2026
Pedagog xodimlarga moddiy yordam belgilashda shifokor xulosasi olinadi va hisobchi bilan kelishiladi — MMTV
18:40 / 02.07.2026
O‘zbekiston bola huquqlari bo‘yicha reytingda 194 davlat orasida 96-o‘rinni egalladi
10:15 / 02.07.2026
Bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr muammolari tufayli maxsus shtab tuzildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘zbekistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
13:50 / 27.06.2026
Meksika
Maoshidan norozi o‘qituvchilar Jahon chempionatiga qarshilik qilmoqchi — Meksika
Meksikadagi o‘qituvchilar uyushmasi vakillari maosh va pensiya islohotlari bo‘yicha talablar bajarilmasa, 2026-yil FIFA Jahon chempionati vaqtida ommaviy norozilik namoyishlarini davom ettirishlarini ma’lum qildi.
12:00 / 04.06.2026
Yangiliklar
Qozog‘iston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
10:47 / 22.01.2026
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
00:07 / 15.12.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang