Top.Mail.Ru
Tayanch doktoranturada o‘qiyotgan xodim maktabda necha soat dars berishi mumkin?

Tayanch doktoranturada o‘qiyotgan xodim maktabda necha soat dars berishi mumkin?

22:22 / 21.07.2024 7.29k

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars soatlarini taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi. (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271)


Dars soatlari nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi. Mazkur bandda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan xodimlar nazarda tutilmagan.


Agar talabgor fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan xodim bo‘lsa, u oliy malaka toifasiga ega pedagog hisoblanadi va nizomda belgilangan 8-darajali ko‘rsatgich sifatida (agar boshqa pedagoglarda bundan yuqori ko‘satgich mavjud bo‘lmasa) maksimal dars soati olishi mumkin bo‘ladi.


Tayanch doktoranturada o‘qiyotgan xodim magistratura bosqichini tamomlaganiga 5 yil to‘lmagan bo‘lsa, bunda u ikkinchi malaka toifasiga ega pedagog hisoblanadi va nizomda belgilangan 11-darajali ko‘rsatgich sifatida (agar boshqa pedagoglarda bundan yuqori ko‘satgich mavjud bo‘lmasa) ko‘proq dars soati olishi mumkin bo‘ladi.


Eslatib o‘tamiz, pedagog xodimlarga dars taqsimlashda ta’lim muassasasidagi boshqa pedagog xodimlarning ko‘rsatgichlarini ham bilib olish muhim ahamiyatga ega.


Shu sababli, har qanday holatda ham dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanishi lozim.

Izohlar 3

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.

09:23 / 24.09.2026
So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026
So'ragan edingiz

1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.

14:45 / 09.09.2026
So'ragan edingiz

Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi

Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18:08 / 05.09.2026