B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo‘shatiladimi?

Savol
Yangi o‘quv yilidan milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilarini tarifikatsiya ro‘yxatiga kiritilmaydi deyishyapti.
Yuqoridan shunday topshiriq bo‘libdi. Sentyabrgacha B2 sertifikati yo‘qlar ishdan bo‘shatilar ekan. Bu talab muddati uzaytirilmaganmidi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Qarorida 15 ta milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari) xorijiy til sifatida ko‘rsatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarori 9-bandiga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
2022/2023-o‘quv yilida maktablarda xorijiy tillar o‘qituvchilari yetishmaganligi sababli, B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
2024-2025 o‘quv yiliga qadar esa maktablarda faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi qo‘yilishi belgilangandi.
Ammo so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda o‘qituvchilarga yana qo‘shimcha muddat berilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o‘qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo‘lmagan bo‘lsa, bu safar ham imkon berilishi mumkin.
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodov “Daryo” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda ham bu talab yengillashtirilishi haqida aytib o‘tgan.
Demak, ayni vaqtda vazirlik hukumatga ushbu talabni yengillashtirish bo‘yicha taklif kiritgan. Lekin hozircha bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori imzolanmadi.
Hujjat imzolansagina, xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan B2 sertifikati talabi biroz yumshatilishi mumkin.
Shuni ham alohida eslatib o‘tish joizki, agar xorijiy tillar o‘qituvchilarga yana qo‘shimcha muddat berish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinsa, bu tartib yangi ishga kirayotgan o‘qituvchilarga emas, balki amalda maktablarda ishlab kelayotgan o‘qituvchilarga nisbatan tatbiq qilinadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.

Xorijiy til o‘qituvchisiga milliy sertifikat muddati tugagunicha 50 foiz ustama to‘lanadimi?
Sertifikat muddati qachon tugashi ahamiyatsiz

Boshqa bir fan o‘qituvchisi ingliz tilidan sertifikat olsa, ustama to‘lab beriladimi?
Bunda o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi lozim

Xorijiy til o‘qituvchilarining ustamasi kamaydimi?
Xorijiy til o‘qituvchilariga to‘lanadigan ustamalar bo‘yicha batafsil tushuntirish
Izohingizni tahrirlang