Top.Mail.Ru
Bosniyada maktab farroshi xodimlarga qarata o‘q uzdi

Bosniyada maktab farroshi xodimlarga qarata o‘q uzdi

10:14 / 22.08.2024 934

Kecha, 21-avgust kuni Bosniya g‘arbidagi Sanski-Most shahridagi o‘rta maktab farroshi maktabning 3 nafar xodimini otib, o‘z joniga qasd qilishga urindi va og‘ir jarohat oldi. 


Una-sana kantoni politsiyasi matbuot kotibi Adnan Beganovichga ko‘ra, politsiyaga soat 10:15 da bir shaxs maktabda miltiqdan o‘t ochgani haqida xabar berilgan.

“Farrosh maktab dekani, kotib va o‘qituvchini o‘ldirgan. So‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan va og‘ir yaralangan”, deydi Beganovich.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gumonlanuvchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaqin atrofdagi Banya-Luka shahriga olib ketilgan.


Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ma
’lum bolishicha, yozgi ta’til sabab maktabda bolalar bo‘lmagan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Bosniya

Ulashish