Toshkent viloyati MMTBga yangi boshliq tayinlandi

2022-yildan buyon Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Ijrochi direktori vazifasida ishlab kelayotgan Yuldoshov Maxmud Ma’ruf o‘g‘li Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
M.Yuldoshov – 1994-yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy. 2018-yilda Singapur Menejmentni Rivojlantirish institutini tamomlagan.
U ish faoliyati davomida “GENNIS CAMPUS” NTM rahbari hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Toshkent viloyati 25-Sho‘ralisoy saylov okrugidan deputatlikka nomzod sifatida ham ko‘rsatilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjоnovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Raxmanov Zafarjon Yashinovich A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Tuman hokimi Samarqand viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi
2024-yil 5-noyabrda Paxtachi tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Hamdamov Muzaffar 2025-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Maktab direktori Toshkent shahar MMTBga boshliq bo‘ldi
Ushbu lavozimga Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna tayinlandi
Izohingizni tahrirlang