Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas’ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining sobiq direktori Alisher Ubbiyev qaysi lavozimga o‘tganligini ochiqlamagan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Hududiy “Kelajak” markazlariga direktorlar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning tegishli buyrug‘i bilan Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi.
Tayinlov
Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Shotursunova Nodira Nasirovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevna direktor lavozimga rasman tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang