Toshkentdagi maktabda sil kasalligi aniqlandimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablaridan birida sil kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Shayxontohur tumanidagi 59-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi M.S. 2024-yilning 26-dekabrida Toshkent shahar 3-son ftiziatriya dispanseriga murojaat qilgan.
Bemorning opasi M.D.ning so‘zlariga ko‘ra, singlisi M.S. so‘nggi oylarda tez-tez betob bo‘lgan. Davolanish uchun faqat xususiy klinikaga murojaat qilgan. Oxirgi marta LOR-shifokor ko‘rigidan keyin 3-son ftiziatriya dispanseriga yuborilgan.
Dispanserda o‘tkazilgan rentgenografiya tekshiruvi natijasida unga “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi yallig‘langan sili, yemirilish davri, BK +” tashxisi qo‘yilgan va bemor darhol Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.
M.S. bilan uyda muloqotda bo‘lgan 6 kishi (2 nafari 6 yoshgacha bolalar) 2024-yil 27-dekabrda 3-son ftiziatriya dispanserida rentgen tekshiruvidan o‘tkazilgan va ularda faol sil kasalligi aniqlanmagan.
Shuningdek, M.S. bilan muloqotda bo‘lgan va kasallik yuqtirish xavfi mavjud 59-sonli umumta’lim maktabi va bemor qo‘shimcha darsga qatnagan xususiy o‘quv maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi nazorati ostida 3-son ftiziatriya dispanserida rentgenografiya va diaskin test tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.
Tekshiruvlar davomida 1 nafar o‘quvchi (2008-yilda tug‘ilgan A.A., bemor M.S.ning yaqin dugonasi)da “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi o‘choqli sili” BK abs aniqlanib, u shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, 3 nafar o‘quvchi — A.A., R.M. va E.D. va 1 nafar o‘qituvchi B.U.larda kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 59-sonli umumta’lim maktabi direktoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Bugungi kunda 59-sonli umumta’lim maktabida davlat dasturi asosida kapital rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani sababli ushbu ta’lim muassasasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 115-umumta’lim maktabida, yuqori sinf o‘quvchilari esa tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabida o‘qishni davom ettirmoqda.
Joriy yil 21-yanvarda 82-sonli umumta’lim maktabida tegishli zararsizlantirish va dimlash tadbirlari takroriy olib borildi. 2025-yil 22-yanvar kuni esa yalpi tozalash va shamollatish tadbirlari o‘tkazildi.
Shuningdek, 115-sonli umumta’lim maktabida ham 23-yanvar kuni tegishli zararsizlantirish va dimlash tadbirlari takroriy tashkil etildi”, deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Maktablarning 95 foizida hojatxonalar tashqarida joylashgan, 79 foizi isitish uchun ko‘mirdan foydalanadi.
Yangiliklar
30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy shifokor ko‘rigiga olib borishni tavsiya etgan holda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini eslatib, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang