Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Avvalroq ta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlar qisqarishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 2024-yil 30-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda 288-sonli buyruqni imzoladi.
Mazkur buyruqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari boshqaruv, texnik xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Buyruqqa ko‘ra ta’lim muassasalarida quyidagi lavozimlar qisqarmoqda:
- Kutubxonachi lavozimi
Endilikda faqat “Kutubxona mudiri” shtat birligi mavjud bo‘ladi. Sinflar soni 16 taga yetmaguncha “Kutubxonachi” shtat birligi ochilmaydi. Shuningdek, sinflar soni 30 va undan ortiqni tashkil etgan taqdirda ham “Kutubxonachi” shtat birligi qo‘shib berilmaydi.
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida 2 tadan 20 tagacha sinflar uchun 1 shtat birlikda “Kutubxona mudiri” shtat birligi beriladi. Buning hisobiga mazkur turdagi maktablardagi “Kutubxonachi” shtat birligi tugatildi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda Respublika o‘quv-tarbiya muassasalardagi “Kutubxonachi” shtat birligi ham tugatildi.
- Psixolog lavozimi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida psixolog lavozimi shtat birliklari qisqartirildi.
Bunda o‘quvchilar soni 1500 nafar bo‘lganda 1 shtat birlik, 1500 nafardan yuqori bo‘lganda 2 shtat birlik psixolog lavozimi ajratilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun: Avvalgi tartib bo‘yicha, o‘quvchilar soni 1500 nafardan 2000 nafargacha bo‘lganda 2.5 shtat birlik, 2000 nafar va undan ortiq bo‘lganda 3 shtat birlikda psixolog lavozimi ajratilardi.
- Laborant lavozimi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda Respublika o‘quv-tarbiya muassasalardagi laborant lavozimi to‘liq tugatildi.
Endilikda laboratoriya xonalari mavjud bo‘lganda fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming so‘m) kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlarni qisqarish haqidagi taklifda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha metodist lavozimi, shuningdek Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlari lavozimini qisqartirish nazarda tutilgandi.
Eslatma:
Sayt materiallardan foydalanishda, xalqtaliminfo.uz sayti nomini (muallifini) ko‘rsatib o‘tish etish so‘raladi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Oddiy maktablarda qisqartirilgan laborant lavozimi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilindi
Avvalroq oddiy maktablarda ushbu lavozim tugatilgandi
Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Bu jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin
Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlar endi qanday harakat qilishi kerak?
Qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar bor?
Izohingizni tahrirlang