Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida tashkiliy masalaga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi ma’lum qilindi.
Sh.Karimov 2006-2012-yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012-2018-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.
2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati bo‘limida yetakchi, bosh mutaxassis, sho‘ba mudiri, kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-oktyabr kuni 2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxodjayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang