Respublika ta’lim markaziga o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari lavozimiga Hamutov Uchqun Irisvayevich tayinlandi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi xabar berdi.
Joriy yilning 1-noyabr kuni Respublika ta’lim markazida tashkiliy masalaga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, Respublika ta’lim markazi direktori hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Hamutov Uchqun Irisvayevichni direktor o‘rinbosari lavozimga tayinlash haqidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarovaning tegishli buyrug‘i o‘qib eshittirildi.
Ma’lumot uchun: Hamutov Uchqun Irisvayevich mazkur tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi

Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?

May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjоnovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Raxmanov Zafarjon Yashinovich A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Tuman hokimi Samarqand viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi
2024-yil 5-noyabrda Paxtachi tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Hamdamov Muzaffar 2025-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Maktab direktori Toshkent shahar MMTBga boshliq bo‘ldi
Ushbu lavozimga Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna tayinlandi
Izohingizni tahrirlang