Не признается ли сертификат менеджера, полученный в 2023 году?
Savol
2023-yilning 5-27-iyun kunlari A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan menejerlik kursida o‘qib, sertifikat olgandik. Lekin hozir u sertifikatimiz hech qayerda tan olinmay, ustama ham to‘lab berishmayapti. Buni qanday tushunish mumkin?
Javob
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘qitilishi, o‘qitish yakuni bo‘yicha institut tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari baholanishi hamda natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikati berilishi nazarda tutilgan.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 15-mayda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Menejerlik o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 124-sonli buyrug‘i imzolanib, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida muvaqqat nizom” tasdiqlandi.
Vazirlikning 124-sonli buyrug‘ining 1-bandi, 5-xatboshida baholash natijalari yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarga menejerlik sertifikati berilishi va ular umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga zaxira kadrlar ro‘yxatiga kiritilishi nazarda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi muvaqqat nizom esa menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga maktab direktori lavozimida faoliyat olib borish huquqini beruvchi menejerlik sertifikatini berish tartibini belgilashini nazarda tutgan.
Nizomning 31-bandida esa ushbu menejerlik sertifikati 5 yil davomida amal qilishi belgilangan. 2023-yilning 5-27-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 50 nafar talabgorlar Angliya, Yaponiya, Finlandiya kabi xorijiy davlatlar tajribasiga tayangan holda 5 ta, jumladan, “Ta’lim muassasasini rivojlantirish va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish”, “O‘zini-o‘zi rivojlantirish va o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Ish yuritish va hisobot”, “Jamoatchilik va ota-onalar bilan munosabat-hamkorlik” modullarini qamrab olgan o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitilgan.
Mazkur kursning o‘quv reja va dasturlari mazmuni Yaponiyaning Sukuba va Amuniddin Baki universiteti yetakchi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilgan hamda ekspertiza xulosalari olingan.
2023-yil 14-sentyabr kuni menejerlik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar pedagog mutaxassisga menejerlik sertifikatlari topshirilgan bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ham menejerlik sertifikatlari 5 yil davomida amal qilishi va sertifikat egalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga zaxira kadrlar ro‘yxatiga kiritilishi alohida ta’kidlangan. Bu haqda vazirlikning rasmiy veb-saytida ham xabar berilgan.
2023-yil 25-dekabrda esa Vazirlar Mahkamasining 681-son qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 681-son qarori bilan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantirilishi belgilanib, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50 foiz, maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz ustama to‘lanishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishini inobatga olib, shuningdek Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunning 41-moddasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emasligi va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi hamda 50 nafar nomzodlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdqilangan muvaqqat nizom asosida menejerlik sertifikati berilganligini, shu sababli 5-27-iyun kunlari tajriba-sinov tariqasida menejerlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar ham belgilangan talablar asosida kurs yakuni bo‘yicha baholanib, yakuniy sinovlarga jalb qilinganligi bois, nomzodlarga taqdim etilgan menejerlik sertifikatlari direktorlikka nomzodlik uchun tan olinishi lozim deb hisoblaymiz.
Ammo menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga 30 foiz ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi norma 2023-yil 25-dekabrda kuchga kirganligi bois, 2023-yilning 5-27-iyun kunlari tajriba-sinov tariqasida menejerlik kurslarida o‘qib, sertifikat olgan nomzodlarga nisbatan mazkur ustamalar tatbiq qilinmaydi deb hisoblaymiz.
Mazkur menejerlik sertifikatlari esa maktab direktorligiga nomzodlik uchun talab qilinadigan menejerlik sertifikatlari qatorida 5 yil davomida amalda bo‘lishi lozim.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!Новости
С 1 января 2025 года учителям родного языка и истории будет выплачиваться надбавка в размере 50% за национальный сертификат
Директор, организовывавший азартные игры в школе, уволен
Теперь школы будут оснащаться путем голосования в проекте "Моя школа."
Даны официальные указания по проведению новогодних праздников в школах и детских садах
Тематические новости
Каково необходимое значение совершенствования системы выдачи сертификата менеджера директорам школ?
В этой статье анализируются преимущества и недостатки требования сертификата менеджера
Курсы обучения менеджменту платные, но...
Курсы подготовки менеджеров являются платными, а размер оплаты одного кандидата на курсы повышения квалификации определяется соответствующими министерствами до 1 декабря каждого года.
С завтрашнего дня начнется регистрация кандидатов в директора, желающих обучаться на курсах подготовки менеджеров.
Регистрация кандидатов, желающих обучаться на курсах подготовки менеджеров, начнется завтра, 16 января.
Быть директором школы будет непросто
Назначение директоров школ теперь осуществляется по рекомендации «Совета директоров», а кандидаты на должность директора обязаны иметь управленческий сертификат.
Редактировать комментарий